Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi 50-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining buyrug‘I
Download 146.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Bag\'dod tumani buyruq[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYURAMAN
BAG‘DOD TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI 50-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining BUYRUG‘I O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 31-maydagi 174- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi “Vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi tashkilotlar tomonidan alohida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida” gi 109- sonli yig‘ilish bayonining 10- bandida belgilangan vazifalar, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 31-may “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 174-sonli hamda Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 3-uyundagi 107-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: 1 Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 3- uyundagi “ Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining boshlangich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 107-sonli rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Xalq ta’limi vazirining 174-sonli buyrug‘I bilan: -xalq ta’limi tizimidagi xotin-qizlarni jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi; -boshlang‘ich tashkilot tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, an’analarimiz asosida qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda tadbirlar, uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar o‘tkazilishi; - xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ma’naviy intellectual va kasbiy salohiyatini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borilishi; -o‘rnatilgan tartib bilan ish haqida qo‘shimcha ustama belgilash orqali moddiy rag‘batlantirib borish belgilanganligi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 3. Bog’dod tumani 50-umumiy o’rta ta’lim maktabi bodhlang’ich tashkiloti raisi etib ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi U. Boymirzayeva tayinlansin. 4. U.Boymirzayevaga maktabda boshlahg’ich tashkilot faoliyatini yo’lga qo’yish va tashkilot nizomiga muvofiq biriktirilgan vazifalarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin. 3.Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Direktor: SH.Xatamov 2022- yil __8-iyul__ , _____26__-son Download 146.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling