Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo’li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog’ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. Umumiy hisobga olganda, real investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagi shakllarga bo’linadi:
investorning o’z moliyaviy resurslari;
investorning qarzga olgan mablag’lari;
investorni jalb qilgan moliyaviy resurslari;
davlat byudjeti mablag’lari, (shu jumladan, mahalliy byudjet mablag’lari);
chet el investitsiyalari va kreditlari;
Noan’anaviy moliyalashtirish. (sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish va boshqalar).
Korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida Navbahor tumani, Sarbozor MFY hududida faoliyat yuritayotgan savdo kompleksi va pullik xizmat kompleksi asosiy vositalar sotib olish, majmuani jihozlash ishlarini yakunlash, shuningdek majmuani ishga tushirish korxonaning istiqbolli kelajagini belgilab beradi.
Ushbu loyiha asosida binoni ishga tushirish, ish haqi xarajatlari uchun, oʼz mablag’i hisobidan jami 90 000 000 soʼm sarflanadi.
2-jadval
Loyihaning moliyalashtirish manbalari tahlili2
T/r
|
Manbalari
|
Summasi, so`m
|
Foizda, %
|
1.
|
Qarz mablag`lari
|
610 000 000
|
61
|
2.
|
O`z mablag`lari
|
390 000 000
|
39
|
|
Jami
|
1 000 000 000
|
100
|
Qarz mablag’lari 12 oylik imtiyozli muddat bilan 14% stavkada 5 yil muddatga olingan. 5 yil davomidagi jami to’lanadigan summa 1 000 000 so’m bo’lib, 217 058 333,33 foiz to’lovlari hisoblanadi. Korxona xarajatlari tahlilini qilish uchun ularni guruhlarga ajratib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |