3-jadval.
“Savdo kompleksi va maishiy xizmat” investitsiya loyihasi moliyalashtirish manbalarining o’rtacha tortilgan qiymati (WACC)3
T/r
|
Manba nomi
|
Manbaning loyihadagi ulushi
|
Manba bahosi (qiymati)
|
Manbaning o’rtacha tortilgan qiymati
|
1
|
O’z mablag’lari
|
39%
|
23%
|
7,13%
|
2
|
Qarz mablag’lari (kredit)
|
61%
|
14%
|
9,66%
|
|
Jami
|
100%
|
|
16,79%
|
Manbalarning o’rtacha tortilgan qiymatini (WACC) aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
, (1)
bu yerda:
Re –o’z kapitalining qiymati; Rd – jalb qilingan kapital qiymati; We – o’z kapitalining ulushi; Wd – jalb qilingan mablag’lar ulushi; T- foyda solig’i stavkasi.
O’rganilayotgan investitsiya loyihasi oilaviy korxonaga tegishli bo’lganligi sababli foyda solig’i to’lanmaydi. Shu sababli WACC ni hisoblayotganimizda soliqni hisobga olmaymiz. Bizda WACC ni hisoblash uchun o’z kapitalining qiymatidan tashqari barcha ma’lumotlar bor. O’z kapitalining qiymatini topish uchun esa investitsiya riski uchun mukofot va bank depoziti stavkasi qo’shiladi. Biz o’rganayotgan loyiha 2020-yilda tayyorlanganligi tufayli, shu yildagi o’rtacha bank depozit stavkasini 20 foiz deb oldik4. Loyihada inflyatsiya ta’siri hisobga olingani uchun bu stavkani o’zgarishsiz qoldiramiz. Endi unga investitsiya riski uchun mukofotni qo’shamiz. Korxona o’z faoliyatini kengaytirayotgani uchun investitsiya riski uchun mukofotni 3% deb olamiz. Demak, o’z kapitalining qimati 23% ni tahkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |