Qarz oluvchi korxonaning to‘lovga qodirlik va moliyaviy barqarorlik tahlili
Qarz oluvchining to’lovga layoqatliligi va moliyaviy bararorligini tahlil qilganda 3 kategoriyalik moliyaviy ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Birinchi kategoriya - likvidlik va kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari. Bularga korxonaning joriy holatini va uning moliyaviy barqarorligini o’z kapitaliga tez talab qilinuvchi (muddatli) qarzdorlik nisbati kabilarni tavsiflovchi koeffitsientlar taalluqlidir. Uzoq muddatli qo’yilma uchun qarz xizmati koeffitsienti juda muhim hisoblanadi.
Ikkinchi kategoriya - bu aktivlarning ishlatilishini tavsiflovchi samaradorlik koeffitsientlari. Ular korxona boshqaruvchisining xarajatlarni nazorat qilish va qarzlarni uzish, tovar-moddiy qiymatliklar zahiralarini boshqarish imkoniyatlarining tavsifi hisoblanadi.
Uchinchi kategoriya - bu foydalilik koeffitsientlari. Korxonalarning ta’sischilari uchun daromad koeffitsientlari/ xususiy kapital, ya’ni daromadning xususiy kapitalga nisbati eng katta qiziqish uyg’otadi. Xususiy kapitalga mablag’ qo’yish taqsimlanmagan foydani ham qamrab oladi. Shuningdek jami aktivlar (xususiy kapital + qarz kapitali) va jami aktivlar daromadliligi hisoblab chiqiladi. Bu foydalilik koeffitsientlari (aniq kunga diskontlashtirilgan) va qarz xizmatining foydalilik koeffitsientlari uzoq muddatli investitsion qarorlarni amalga oshiruvchi korxonalar uchun juda muhim bo’lgan hayotiy ahamiyatga egadir.
16-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |