Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti
hisobot20233
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debitor qarzdorlikning aylanish koeffitsienti
- Tovar moddiy zaxiralarning aylanish koeffitsienti
Ko‘rsatkichlar
|
Hisobot yili boshi |
Hisobot yili oxiri | |
Farqi | |||
(+,-) | |||
1 |
2 |
3 |
4 |
Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum, so‘m |
2220961615 |
1906815181 |
-314146434 |
Mahsulot tannarxi, so‘m |
1233672911 |
1196693668 |
-36979243 |
Debitor qarzdorlikning o‘rtacha qiymati, so‘m |
123472066,5 | ||
Tovar moddiy zaxiralarning o‘rtacha qiymati, so‘m |
518713923 | ||
Debitor qarzdorlikning aylanish koeffitsienti |
15,44329203 | ||
Debitor qarzdorlikning aylanish davri, kun hisobida |
23,63485708 | ||
Tovar moddiy zaxiralarning aylanish koeffitsienti |
2,307039805 | ||
Tovar moddiy zaxiralarning aylanish davri, kun hisobida |
158,2114011 |
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, debitorlik qarzdorlikning aylanish davri 23 kunni tashkil etar ekan. Tovar moddiy zaxiralarining aylanish tezligi esa 158 kunni tashkil etadi.
XULOSA
Har bir tizimda bo’lganidek, biznes uchun ham yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda amaliyotga katta ahamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, bitiruv amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi. Bizning yo’nalishimiz investitsion moliyalashtirish ekan, shu masalalar bo’yicha amaliyot joyimizda ma’lum bir ko’nikmalarni hosil qilish uchun investitsion loyihalarni moliyalashtirish kim tomonidan va qanday usullarda moliyalashtiriladi kabi tushunchalarni anglay olishimiz lozim. Buni esa mamlakatimizda so’nggi yillarda xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha talaygina ishlar misolida ham ko’rishimiz mumkin. Xususan, davlat xususiy sherikchiligi asosida ham hukumat qarorlari asosida bir qancha loyihalar moliyalashtirilmoqda. Bundan tashqari moliyalashtirish manbalari ham ushbu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. Bularga misol qilib yuqorida berilgan o’z mablag’lari, qarz mablag’lari yoki jalb qilingan mablag’larni keltirishimiz mumkin. Ushbu usullarni nazariy asoslarini o’rganib amaliyot bialn uyg’unlashtirish maqsadida “Sab-Ali Holding” MChJda o’n uch hafta mobaynida amaliyot o’tadim.
Amaliyotimning asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tadbirkorlik faoliyati, uning tarkibiy tuzilishi, korxona faoliyatining huquqiy asoslari hamda korxonadagi hisobchilik faoliyati to’g’risida tushunchalarga, bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish bo’lib, men bunga erishdim. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali hisobchi xodimlar bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida tadbirkorlik faoliyati to’g’risida yetarli darajada dunyoqarash shakllandi. Tanishuv amaliyotda tadbirkorlik faoliyati- ning amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli nazariy bilimlardan foydalandim, bevosita korxonaning jamoat hayotida ishtirok etdim va tashkilot ichki tartibiga qat’iy amal qildim.
Investitsiya siyosatini ishlab chiqish, tashkilot faoliyatining tashqi muhitining o'zgaruvchanligi bilan sezilarli darajada murakkablashadi, bu esa investitsiya siyosatiga prognoz qilinayotgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda va tezkor javob berish tizimini ishlab chiqishni davriy ravishda tuzatish zarurligini belgilaydi. Shu sababli, tashkilotning investitsiya siyosatini shakllantirish barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotda ham katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ushbu amaliyot davrida men korxonaning investitsion loyihalari va tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishdim va loyihada xarajatlar tahlilini amalga oshirishni o’rgandim. Bunda asosiy kapitalga investitsiya xarajatlarini to’g’ri taqsimlash va hisobga yuritishdagi moliyaviy xatoliklarni bartaraf qilish bo’yicha to’liq ko’nikmaga ega bo’ldim. Investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, xarajatlarni mukammal va ishonchli baholash ni o’rgandim. Tahlilda loyihaning to’lovga layoqatliligi va moliyaviy barqarorligini tahlil qildim.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va ularning xususiyatlarini takomillashtirishda quyidagi taklif tavsiyalardan foydalanish moliyalashtirish sifatini ta’minlash va ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ko’maklashishi bilan ahamiyatlidir:
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va xususiyatlarini tadbiq qilishning xorij tajribalarini o’rganish hamda uning milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tadqiq etish;
- tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni sifatini oshirish va ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni soddalashtirish, ekspertiza muddatlarini sun’iy ravishda uzayib ketishlariga yo’l qo’ymaslik.
Download 83.8 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling