3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Malakaviy
ish mavzusining dolzarbligi, eng
avvalo,
investitsiya
loyihalarining
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilishi,
samaradorlikni baholashning turli usullari asosida tahlil qilinishi va standart
metodikasi asosida baholanishiga bog‘liqligi bilan xususiyatlanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va barqarorligini ta‘minlashda
investitsiyalarning beqiyos o‘rin tutishini alohida ta‘kidlagan holda shuni aytish
mumkinki, investitsiyalarga bo‘lgan e‘tiborning
kuchayishi bugungi kunga kelib,
mamlakatimizdagi investitsion
faoliyatning
rivojlantirilishiga olib keldi.
Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni
rivojlantiruvchi eng
muhim omil ekanligini e‘tirof etgan holda, milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan
investitsiyalar hajmining yildan yilga ortib borayotganligini alohida aytib o‘tish
mumkin. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shunday ta‘kidlaydi: ―2016
yili O'zbekistonda xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishi 2015
yildagiga nisbatan
11,3 foizga o'sgan va 3,7 milliard dollarga yetgan. 2017 yilda 199 ta investitsiya
loyihasi doirasida 4,505 milliard dollar hajmdagi xorijiy investitsiyalar jalb etilishi
rejalashtirilmoqda‖
1
.
Mamlakatimizda investitsiya jarayonlarini rivojlantirish kapital mablag‘larni
jamg‘arish, bu mablag‘larni iqtisoditning strategik jihatdan muhim bo‘lgan
sohalariga yo‘naltirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini
yaratish orqali milliy investitsiya bozorlarining shakllanishiga ko‘maklashadi. Bu
o‘rinda investitsiya loyihalarini bozor qiymatida obyektiv baholash, baholashning
jahonda keng tarqalgan usullaridan amaliyotda foydalanishni ta‘minlah
hamda
investitsiya loyihalarining samarali baholash usullarini va hozirgi kunda,
investitsiya jarayonlarini yanada takomillashtirishning asosiy muammolaridan biri
bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan, investitsiya loyihalarini
samarali baholashning
xorij tajribalarini o‘rganish, shuningdek, amaliyotga keng tadbiq etish va bu borada
1
S.M. Mirziyoyev. ―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‗lishi kerak‖. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari
va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruza, 2017 yil 14 yanvar
4
duch kelinadigan muammolarni hal etish mazkur bitiruv malakaviy ishning
dolzarbligini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: