Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi ‘’tatqiqot metatalogiyasi’’ fanidan mustaqil ish


Download 146.32 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi146.32 Kb.
#1164564
  1   2
Bog'liq
Shirin tadqiqot metodologiyasi


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Budjet nazorati va g’aznachiligi fakulteti

BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” KAFEDRASI
‘’TATQIQOT METATALOGIYASI’’ FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Ziddiyat prinsipi talablari nimalardan
iborat.
Topshirdi: Rahmonqulova Shirinoy.

MAVZU:
Ziddiyat prinsipi talablari nimalardan iborat.
Reja:

  1. Ziddiyat nima?

  2. Jamiyatda ziddiyatning turlari.

  3. Tashkiliy ziddiyat turlari va ularning sabablari.

  4. Umumiy sabablar.


Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan 2 mulohazaning mavjudligi (qarang Ziddiyat qonuni); (dialektikada) — predmet va hodisalarga obyektiv ravishda xos boʻlgan bir butunning qarama-qarshi (musbat va manfiy, tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi muhim munosabatlar. Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Ziddiyatlar har xil boʻlib, ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol oʻynaydi. Ziddiyatlar ichki va tash-qi, asosiy va asosiy boʻlmagan, antagonistik va antagonistik boʻlmagan ziddiyatlarga boʻlinadi. Ichki ziddiyat — narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, "oʻz-oʻzidan harakatlanish" ning manbai, rivoj-lanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat — narsa va hodisalar oʻrta-sidagi munosabatlarning ifodasidir. Maye, tabiat bilan jamiyat, orga-nizm bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tashqi ziddiyatdir. Ichki va tashki ziddiyatlar rivojlanish jarayonida bir xil rol oʻynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan, ichki ziddiyatlarning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashki ziddiyatlarni ham eʼtibordan chetda qoldirish mumkin emas. Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, yaʼni ichki ziddiyatlarni hal qilishga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Narsa va hodisa-ning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar asosiy ziddiyatlar deb ataladi. Asosiy ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol oʻynaydi va barcha boshqa ziddiyat taʼsir koʻrsatadi. Asosiy boʻlmagan ziddiyatlar ham mavjud. Bosh ziddiyat deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyatga aytiladi. Narsa va hodisalar rivojlanishining muayyan bosqichidagi bosh ziddiyat asosiy ziddiyatning aniq koʻrinishi yoki ifoda-sidir. Antagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga tubdan zid boʻlgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi ziddiyat-lardir. Antagonistik boʻlmagan ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga moye keladigan yoki manfaatlarini oʻzaro kelishtirish mumkin boʻlgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi ziddiyatlardir. Shoʻro-lar davrida sotsialistik jamiyatda antagonistik ziddiyatlar yoʻq, unga fa-qat antagonistik boʻlmagan ziddiyatlar xos degan mafkuraviy fikr targʻib qilingan. Aslida bunday ziddiyatlar mavjud boʻlsada, shoʻrolar saltanati zoʻrlik bilan bu ziddiyatlarning namoyon boʻlishiga yoʻl qoʻymagan. So-biq shoʻrolar davlatining baʼzi mintaqalarida sodir boʻlayotgan qonli toʻqnashuvlar, fuqarolar urushi oʻsha hal qilinmay qolgan ziddiyatlar-ning oqibatidir.
Jamiyatdagi ziddiyatlar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan baʼzilari eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu ziddiyatni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni oʻzaro kelishtirish, murosayu madoraga keltirish, hamjihat-lik va hamkorlikka erishish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi ziddiyatlarni hal qilishda qoʻllanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (oʻzaro kelishuv) dir. Ilgari ziddiyatlarni hal qi-lishning bu usuliga yetarli eʼtibor berilmagan. Yangicha tafakkurning qaror topishi bilan jamiyatdagi ziddiyatlarni xal qilishda Gegel qayd qilib oʻtgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib chikdi. Uzoq yillar davomida birbiriga qarama-qarshi boʻlib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, hara-katlar va partiyalar oʻrtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfa-atlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qoʻl kelmoqda. Ziddiyatlarni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining milliy totuv-likka, oʻzaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida mu-him ahamiyatga ega boʻlmoqda. Yuqorida tilga olingan ziddiyatning turlarini birbiridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, birbiriga oʻtadi va taraq-qiyotda xilma-xil rol oʻynaydi. Shuning uchun, ziddiyatlarning har biriga aniq yondashish, ziddiyat namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vazi-yatni, u oʻynaydigan rolni toʻgʻri hisobga olish lozim.

Download 146.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling