Bahor manzarasi va mehnat
”Bahor manzarasi va mehnat” mavzusini o`rganishni tashkil etish yo`llari
Download 38.8 Kb.
|
O’qish darslarida “Zumrad bahor” mavzusini o’rganish.
1.2.”Bahor manzarasi va mehnat” mavzusini o`rganishni tashkil etish yo`llari
“Bahor manzarasi va mehnat“ bo’limida berilgan asarlar matnida tabiat tasviriga bag’ishlangan o’rinlar, badiiy tasvir vositalari ko’p qo’llangan Ular o’quvchilarning bahor fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. 4-sinfda o’quvchilari tasviriy vositalar ustida mustaqil ish metodida ishlashlari mumkin. Ya’ni ular badiiy matndan mustaqil ravishda badiiy vositalarni topadilar, ularning vazifasini,ular ifodalagan ma’noni izohlaydi-lar. Badiiy vositalardan qayta hikoyalash jarayonida o’z nutqlarida foydalanadilar.O’quvchilarning badiiy matndagi tasviriy vositalarni aniqlashlari va izohlashlari uchun o’qituvchi yo’llovchi savollar berib boradi. Agar o’qituvchi sinflarda jonlantirish, o’xshatish,mubolag’a,tabiat tasviri,insonlar tasviri ustida ishlagan bo’lsa,o’quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo’lsa, o’quvchilar qiynalmay topa oladilar. 4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o`rganish Bo'lim materiallarini o'rganishda o'quvchilarning oldingi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga tayaniladi va yangi ma'lumotlar beriladi.Bolalar serquyosh O'zbekistonning fasllari orasida fasllar kelinchagi bahor fasli haqida ko'plab taassurotlarga egalar. Ular bu taassurotlarini, albatta, televizor va radio, gazeta-jurnallar orqali va o'zi yashayotgan zaminda har yili olam-olam gul-u bo'ston bo'lib, hamma yoqni ko'm-ko'k maysazor-u, bog'-rog'larni gul-u gulzorga aylantiradigan bahor faslini ko'rish, undan zavq olish orqali ham yaqindan biladilar. Zumrad bahor haqidagi ilk mavzuning o'zidayoq o'qituvchi o'quvchilarga O'zbekiston fasllari, jumladan, go'zal bahor haqida qo'shimcha bilim va tushunchalar berishni maqsad qilib qo'yadi. Bo'lim materiallarini o'quvchi o'rganib borar ekan, bahor fasli, uning go'zalligi-yu, bor tarovati haqida, bu faslda bo'ladigan bayra-mlar haqida bilimga,tushunchaga ega bo'lib boradilar.Bo'limni to'liq o'zlashtira borib o'quvchining tasavvuri kengayadi, bilimi kengayadi, zarur konikma va malakalarni egallaydi. Bo'lim materiallarini o'qituvchi o'quvchiga o'rgatib borish orqali o'zi yashayotgan shahar yok i qishloq, u yerdagi mahalliy sharoit bilan bog'liq hodis-alarni, bahorning erta yoki kech kelishi sabablarini va erta bahorda o'sib-unib chiqadigan bahor chechaklari haqida ma'lumotlar berishni diqqat markazida tutadi.”Zumrad bahor” bo'limidagi Yusuf Xos Hojibning "Bahor ta'rifida" hikoyasi, Habib Rahmatning "Jala darakchisi" she'ri kabi asarlarida o'quvchilarga uyg'onish, yasharish, yangilanish fasli — so'lim bahor haqidagi ma'lumotlarni yetkazish nazarda tutilgan. Bulardan tashqari, bahor fasli haqida Mirtemir, Q. Hikmat, X.To'xtaboyev, F. Musajonov kabi adiblarning ham qator asarlari berilgan. O'quvchilar bu asarlarni o'qish orqali go'zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadilar. Zumrad bahor Chekinib qahraton qish, Bahorda boshlanar ish. U fasllar kelini, Yoyib kelar sepini. Shudring tushar nahorda, Shildirar suv anhorda. Ko‘karadi o‘t-o‘lan, Go‘yoki zumrad gilam. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali ta`limning asosiy shakli she’rni ifodali o’qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. SHuning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. SHe’r o’quvchilarga qanday ta`sir qilganini hisobga olish,bilish zarur. O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta`sir etsin. So’ngra she’rni mustaqil o’qish topshiriladi. O’qish oddiy bo’lishi kerak. O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak. Quyida she`r o`tish darsi namunasini keltiramiz: O'quv materiali. Bahor. Qudrat Hikmat. Darsning maqsadi. 1. O'quvchilarning. Bahorda tabiatda, hayvonot va qushlar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish. 2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o'zgarishlarni payqab olishga o'rgatish. 3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab yashnashi uchun hissa qo'shishga yo'llash. 4. O'quvchilar nutqini badiiy so'zlar bilan boyitish. Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she'r o'qish darsi. Dars shakli. Noan'anaviy dars. Dars metodi. Kichik guruhlar bilan ishlash, mutsaqil ish metodi, suhbat metodi, tarmoqlash metodi. Darsning jihozi. Korton qog'oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi, tabiiy hodisalar tasviri. Tashkiliy qism. Sinf 4 guruhga ajratib o'tqaziladi. Darsning borishi. I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning bahor fasli, undagi hayot haqidagi tushunchalarini aniqlash. Yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash va qiziqish uyg'otish. Tabiatni asrash hisini tarbiyalash. Metod. Mustaqil ish metodi. 1. O'quvchilar guruhiga o'tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi. Savol-topshiriqlar: l-guruh uchun: 1. Bahor fasli haqida qaysi asarni o'qib keldingiz? Unda tabiatdagi ob-havo o'zgarishlari qanday tasvirlangan? So'zlab bering. 2. Nasim,firdavs so'zlarining ma'nosini izohlab bering. 3. «Bahor ta'rifida» matnining 1 -qismini ifodali o'qib bering. 2-guruh uchun: 1. «Bahor ta'rifida» asarida yerning yuz qismidagi, dov daraxtlardagi o'zgarishlar qanday tasvirlanadi? So'zlab bering. 2. Chin so'zining ma'nosini izohlab bering. 3. Asarning 2-qismini ifodalai o'qib bering. 3-guruh uchun: 1. Qushlar hayoti qanday tasvirlanadi? Shularni so'zlab bering. 2. Kaklik, oqqush, o'rdakni rasmlar ichidan tanlab ko'rsating. 3. Asarning3-qismini ifodali o'qib bering. 4-guruh uchun: 1. Hayvonlar harakati qanday tasvirlangan? Shu o'rnni hikoyalab bering. 2. Jayronning rasmiga qarab, uning tashqi ko'rinishini tasvirlang.3. Asarning 4-qismini ifodali o'qib bering.O'quvchilar to'plagan ballar e'lon qilinadi.2. Baddiy til vositalari ustida ishlash. O'qituvchi: Bugun darsda daxatdagi olmalardan uzishga ruxsat beraman. Faqat uning orqasiga yozilgan savoltopshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo'ladi va uni o'z savatchangizga solasiz.Har bir guruhdan o'quvchilar navbat bilan chiqib olmadardan oladi va shu vaqtning o'zidayoq savollarga javob beradi:O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to'n kiydi, oq, sariq, ko'k, qizil rangli yopinchiqlar bilan bezandi.O'qing. Qanday badiiy vositalar qo'llanganini ayting. Bo'z yer yuziga yashil parda tortdi, go'yo Xitoy karvoni Chin hariri ipak matolarini har tomonga yoydi.O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.Qora qarg'a tumshug'ini ko'pirtirib qag'illaydi, uning ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir. O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.Mag'rur turnalar ko'kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilib tuya karvonidek uchmoqda. Guruhlar balli e'lon qilinadi. 3. Matnni topshiriqlar asosida o'qitish. «Bahor ta'rifida» matnini o'qing.Undan ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni toping. (Bahor nafasi, firdavs yo'li, o'z hukmiga, harir yopingich, har tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz ochib, qah-qah urib kulmoqda kabi).Guruhlarning balli e'lon qilinadi. 4. Bahor fasli haqida o'quvchilar tushunchasini aniqlash. - Bahor fasliga xos xususiyatlarni tarmoqlash usulida ifodalang, uni doskaga iling va izohlab bering. -«Bahor» she'ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og'zaki gapirib berishga tayyorlaning. - Qudrat Hikmatning qaysi she'rlarini yod bilasiz? (O'quvchilar «Qish to'zg'itar momi par» she'rini aytishadi) Guruhning balli e'lon qilinadi. O'qituvchi hikoyasi. Q. Hikmat bolalar uchun she'r yozgan. Shuning uchun bolalar shoiri deb aytishadi. U Toshkentda tug'ilgan. Pedagogika oliygohida o'qigan. U atigi 43 yil yashagan. Lekin bolalar uchun ko'plab she'rlar t o'plamini yaratgan. Uning «Me ning Vatanim», «Baxtli bolalar», «Uch o'rtoqning sovg'asi», «Soatjoninng soati», «O'g'lim bilan suhbat» to'plamlari bor. II. Anglash bosqichi. Maqsad. «Bahor» asari orqali o'quvchilarning bahor tabiati, qushlarning harakati haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish. O'quvchilar nutqiga mayin shamollar, soyabon tollar, tong yellari, o'tlar tebranar, ko'kni quchgan teraklar iboralarini kiritish. Metod. Mustaqil ish metodi. 1-topshiriq. She'rni ichingizda o'qing. Ifodali o'qib berishga tayyorlaning. O'qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So'ng har bir guruhdan 4-5 o'quvchiga o'qitiladi. Ular baholanib boradi, guruhning ifodali o'qishi bo'yicha umumiy balli e'lon qilinadi. 2-topshiriq. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh o'z ichida savol-topshiriqlarni bo'lib olib tayyorgarlik ko'rsin. Tayyor o'quvchi turib javobini aytaveradi. Guruhlar bir-birining javobini to'ldiradi. 3-topshiriq. Jonlantirish qo'llangan misralarni topib o'qing. Shoirning murojaatini topib o'qing. Shoir sizga nima demoqchi? III.Fikrlash bosqichi. Maqsad: O'quvchilarning she'r asosida olgan bilimlarini hayotda ko'rgan kuzatganlarini, eshitganlari bilan bog'lab ifodalab berishga o'rgatish. Darsda olgan taassurotlarini eshitish orqali keyin darsning vazifalarini rejalashtirib olish. Metod. Suhbat metodi. 1. Mavzu yuzasidan o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish. Savollar: - Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz? - She'rni o'qishdan oldin bahor, uning ob-havosi, tabiat ko'rinishi, qushlar hayoti haqida nimalarni bilar edingiz? - "Bahor" she'ri orqali nimalarni bilib oldingiz? - Hissiyotingizga kuchli ta'sir qilgan misralar qaysilar? Ularni o'qib bering. Bahordagi tabiatning uyg'onishini shoir qo'llagan ifoda bilan tasvirlab bering. - Siz qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? 2. Guruhlar to'plagan ball va ayrim faol o'quvchilarning bahosi e'lon qilinadi. 3. Uy vazifasi: She'rni yod olish. She'r mazmuniga mos rasm chizish. O’qish darsliklarga asosan hikoya, she`r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari ilmiy ommabop asalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi uslubiy jihatdan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilariga ta`siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrg oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she`riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she`r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirsa, maqolalar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharxlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Biz shularni e`tiborga olgan holda aynan shu bo’limga kirgan she`riy, ilmiy-ommabop, rivoyat, topishmoq, tez aytishlar janridagi asarlarni o’rganish uslubiyati xususida to’xtalib fikr yurutishni o’rinli deb bildik. She`r ohang jihatdan ma`lum bir tartibga solingan his tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. She`riy nutqni ohang jihatdan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm ( bir-biriga monant kichik bo`laklarning izchil va bir meyorda takrorlanib kelishi) va qofiya ( misralarlarning oxirida keladihan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi. She`rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea hodisalarning poetik tasviridan hayajonlanishlari muhikm ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she`r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya`ni she`riy asarlar va lirik she`rlar o’qitiladi. She`riy hikoyada syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she`r “biror hayotiy voqea – hodisa ta`sirida insonda tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she`rning xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. Download 38.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling