Bajardi : 308- guruh talabasi Ganiyeva Zarinabonu Oʻzbekiston ta'lim tizimida tarbiya diagnostikasining tutgan oʻrni Reja
Download 15.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqreferat!!!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
Bajardi : 308- guruh talabasi Ganiyeva Zarinabonu Oʻzbekiston ta'lim tizimida tarbiya diagnostikasining tutgan oʻrni Reja:
Adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasida mustaqillik davrida o’ziga xos pedagogik nazariyalar maktabi vujudga keldi. Mazkur pedagogik nazariyaning tadrijiy rivojlanishi bu davrda yetakchi bo’lgan millatning ijtimoiy, ilmiy tafakkur darajasini yaqqol ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik fikrlarning taraqqiyoti davlat tomonidan ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmaga bevosita bog’liqdir. Chunki ijtimoiy buyurtmada davlat va jamiyat ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlari ta’lim orqali qondirilar ekan, xuddi shu ta’lim tizimining ilmiy asoslanishiga zaruriyat mavjud. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik xarakterdagi uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. U birinchi navbatda shaxsning ma’naviyati, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini ro’yobga chikarish, uni amaliyotda namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratildi. Bu esa pedagogika fanining yangi metodologiyaga tayanilgan holda rivojlanishiga yo’l ochdi. Bu o’z navbatida pedagogik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirdi. Pedagogika ilk bor shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga yo’naltirildi. Bu o’z navbatida, shaxsga yo’naltirilgan pedagogikaning vujudga kelishiga asos bo’ldi. Masalaning bunday tus olishi pedagogika nazariyasi va tarixi amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda rivojlantirish imkonini berdi. Chunki pedagogika fani uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan o’quvchi hamda talabalar o’zlashtirgan bilimlar hamda ularning intellektual rivojlanganligigi, axloqiy sifatlarni qay darajada egallaganliklari muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida fikr yuritar ekan, xalqimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy merosni tiklash, xalqni o’z madaniyati, an’analari, ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, tili, adabiyoti va san’atidan bahramand qilish, buning uchun esa, zarur shartsharoitlar yaratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy asoslarni barpo etishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi. Mustaqil fikrlaydigan, o’z huquqi va vazifalarini to’la anglagan, vatanparvar, fidoiy, bilimdon – yangilangan ijtimoiy ongga ega bo’lgan barkamol shaxsni shakllantirish islohotlarning markaziy masalasi qilib qo’yildi. Pedagogika nazariyasi va tarixi fani uchun ham, amaliyoti uchun ham ta’lim oluvchilar shaxsi bosh qadriyatga, ularni barkamol inson sifatida shakllantirish yetakchi maqsadga aylangach, pedagogik nazariyaning mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi. Xullas, mustaqillik in’om etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar va imkoniyatlar asosida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida rivojlanib borayotgan pedagogik fikrlar ham O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lib, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Shuning uchun ham pedagogika O’zbekiston Respublikasida ilmning ustivor sohasiga aylandi. “Shu bois, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasidagi eng muhim vazifalarga to’xtalar ekan, - mamlakatimiz istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanok, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”.1 Shuningdek, pedagogika fani sohasida xal etilishi zarur bo’lgan quyidagi muhim vazifalar belgilandi: sobiq sho’ro davridan qolgan mafkuraviy qarashlardan voz kechish, ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni amalga oshirish, zamonaviy bilimga ega o’qituvchi kadrlarni tayyorlash, ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayoni, mazmuni, darsliklar sifatini, o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmini aniqlash, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limini yangidan barpo etish, oliy o’quv yurtlarida zamon talablariga mos mutaxassislar tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. Pedagogika nazariyasini boyitish va barkamol shaxsni shakllantirish jarayoni ilmiy metodik jihatdan ta’minlanibgina qolmasdan, uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish imkoniyatlari kengaydi. Mamlakatimiz pedagogika fanida ta’lim tizimi hamda o’quv jarayonini boshqarish – pedagogik menejment tizimi vujudga keldi. Ta’limning yangi shakllari, liberallashtirish imkoniyatlari, shaxsga yo’naltirilgan o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish asoslari ishlab chiqildi. Ajdodlarimizning boy pedagogik merosini o’rganish sohasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
etish yo’nalishidagi ishlar;
yo’nalishidagi tadqiqotlar;
ishlar;
tadqiqotlar;
malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar;
Mustaqillik yillarida pedagogikaning xususiy tarmoqlari rivojlandi. Pedagogik prognostika, tashxislash, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy-pedagogika, andropedagogika, difektologiya, inklyuziv ta’lim sohasida izlanishlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda pedagogika fani oldida o’z yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud:
Bugungi kunda pedagogika fani oldida:
Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi uchun yaratilgan shartsharoitlar natijasida pedagogika nazariyasi va tarixi soxasida nazariy va amaliy xarakterdagi bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi, DTSlari takomillashtirildi, o’quv dasturlari va o’quv metodik majmualar yaratildi, uzluksiz metodik xizmat ko’lami kengaytirilib, qo’llanmalar, ilmiy metodik tavsiyalar va monografiyalar ishlab chiqildi.
Download 15.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling