Bajardi : 414-18 guruh talabasi Jurakulov Shohrux Toshkent-2023 “Бозор механизми”


Download 126.68 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi126.68 Kb.
#1619130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyot 2 mustaqil11

Auksionlar - alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlami sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro'yxati bo'yicha, ommaviy sotuvga qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi. Auksion e'lon qilingan vaqtda va ma'Ium davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va iiajnil lliSOuga o'liuctdi. AukaiOfi SaVdGSida ПашипЯ tOVSrlar ro'yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo'yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.
Auksionlarda san'at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma'Ium vaqtda o'tkazilib, bu yerda tovarlar ulguiji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o'rtasida yuz berib, unda bevosita iste'molchi qatnashmaydi.


Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o'rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporasiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanadigan turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. 

Ulguiji savdo firmalari tovarlarni o'z mulkiga sotib olib, keyin iste'molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do'konlar, maxsus do'konlar va supermarketlardan iborat bo'ladi. 

Supermarket - bu xaridorning o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan, import tovarlar bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo'yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadi.
Ko'p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o'z nomidan va ko'pincha o'zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi.
Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug'urta xizmati ko'rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o'ringa ega. Ular moliya bozori. uning asosi bo'lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o'rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko'pchiligi o'ziga xos belgilarga ega bo'lsada, ulaming barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o'zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya'ni mablag'lari ortiqcha bo'lgan sub'yektlardan pul qarz oladi va o'z nomidan mablag'lari yetishmagan sub'yektlaiga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug'urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o'ziga xos o'ringa ega. Ulaming iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o'rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta'minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan, auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o'tkazuvchi idora. Ular odatda, aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko'rsatadi va to'liq mustaqillikka ega bo'ladi. Auditor firmalar o'z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko'rsa- tishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta'minlaydi. 


Download 126.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling