Moliyaning mohiyati. Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman moliya xalq xo`jaligidagi pul resurslari bilan bog`langan bo`lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma`lumki, ishlab chiqarish iste`moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi. - Moliyaning mohiyati. Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman moliya xalq xo`jaligidagi pul resurslari bilan bog`langan bo`lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma`lumki, ishlab chiqarish iste`moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi.
- Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste`molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste`moli davlat tomonidan ta`minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Aholi ijtimoiy himoyasi, atrof muhitni saqlash, mudofaa, davlat boshqaruvi, nomoddiy sohalarni ta`minlash kabilar shular jumlasidandir.
Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlar yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o`tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. - Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlar yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o`tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi.
- Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo`lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. qiymat taqsimoti mahsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo`lib, u iste`molga atalgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |