Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
Download 191 Kb.
|
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliyaning mohiyati va vazifalari.
- MOLIYA Davlat moliyasi Nodavlat moliyasi
- Birlamchi taqsimlash
- Ikkilamchi taqsimlash
MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT. REJA: Kirish Asosiy qism 1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. 2. Moliya bozori mohiyati, uning unsurlari. 3. Moliya tizimi. 4. Davlat byudjeti tushunchasi va uning tuzulishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Sababi jamiyatning ravnaqi, aholining farovonligi, yurtning tinchligini ta’minlash va boshqa maqsadlarni amalga oshirish – hammasi moliyaga borib taqaladi.
Moliyaning ob’ekti pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lib, uning sub’ekti, ya’ni ishtirokchilari firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim shaxslar bo‘ladi. Moliya munosabatlari pul munosabatlaridan shunisi bilan farq qiladiki, uning tarkibiga shaxsiy iste’mol xizmati munosabatlari kirmaydi, hamda pul harakati tovar harakati bilan bir vaqtda yuz bermaydi.
Davlat moliyasi Nodavlat moliyasi
Moliyaning vazifalari: 1. Iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. 2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi. Jamiyatda yaratilgan YAMMni va uning asosiy qismi bo‘lgan milliy daromadni xo‘jalik ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanib, pul fondlariga aylantiradi. Taqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchi vazifasi. Rag‘batlantirish davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish, ishlovchilarga mukofotlar ajratish, boj pulini kamaytirish orqali eksportni rag‘batlantirish kabilarni ko’zda tutadi. Zaruriyat bo‘lgan taqdirda zararni qoplash uchun korxonaga subsidiya beriladi va uning moliyaviy ahvoli sog‘lomlashtiriladi. 4. Moliyadan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Bunda soliqlarni va boshqa to‘lovlarni amaldagi qonunlar bo‘yicha to‘g’ri to‘lanishini, tashkil etilgan fondlarning mablag’larini belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilishini ta’minlash nazarda tutiladi. Moliyaviy nazorat asosan auditorlik firmalari yordamida o‘rnatiladi. 5. Ijtimoiy himoyalash vazifasi. Jamiyat a’zolari ma’lum qatlamlarining nogironlar, ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarni minimal tirikchilik yuritishini ta’minlab turish, ya’ni moliyaviy kafolatlashdan iborat. Undan tashqari aholi sog‘ligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim berish, atrof muhitni sog‘lomlashtirishni ham o‘z ta’sir doirasiga oladi. 6. Iqtisodiy axborot vazifasi. Jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma’lumot va xabarlar berib turishdan iborat. Moliyaviy axborotga qarab, tadbirkorlar o‘z ishining borishi, sheriklarining ahvoli, raqobatchilar imkonidan ogoh bo‘ladilar. Moliyaviy ahborotda auditorlik xizmati ma’lum o‘rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Moliya resurslari mikro- va makroresusrslarga bo’linadi. Mikroresurslar markazlashmagan resurslarni tashkil etib, ular asosan korxonalar, kompaniya va firmalar orasida harakat etayotgan mablag’lardan iborat. Makroresurslar umumdavlat miqyosida, lekin davlat byudjeti hisobidan tashqarida harakatda bo’lgan mablag’lardan tashkil topgan.
Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling