Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
Download 191 Kb.
|
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond bozorida
- Fond birjasida
2. Moliya bozori mohiyati, uning unsurlari.
Moliya bozorida obligatsiya, aksiya, veksel va sertifikat kabi hujjatlar ham pul singari muomilada bo‘ladi. Qimmatbaho qog‘ozlar asosan fond birjalari orqali sotiladi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar maxsus vositachilar: makler, broker, dilerlar orqali amalga oshiriladi.
Aksiya va obligatsiyani o‘z nomidan chiqarib, ularni birlamchi fond bozorida dastlabki sotishga qo‘yuvchilar emitent deyiladi. Aksiyaning o‘zida ko‘rsatib qo‘yilgan summa uning nominal qiymati deyiladi. Aksiya sotilganda talab va taklifga qarab uning amaldagi narxi nominal qiymatidan yuqori yoki past bo‘ladi. Aksiyaning sotilish narxi bozor kursi, fond birjasida aksiya narxining belgilanishi kotirovka deyiladi. Aksiyaning narxi eng avval unga tegadigan dividendga bog‘liq. Firmaning mavqei mustahkam, moliyasi baquvvat bo‘lsa, binobarin, yaxshi foyda topsa, aksiyaga dividend ko‘p to‘lanadi. Shunga ko‘ra aksiyaga talab yuqori bo‘lib, uning narxi ham ortadi.
Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling