Bajardi: 104R guruh talabasi Abdullayev Xamidjon Nutqning to’g’riligi


Download 267.19 Kb.
bet3/3
Sana19.01.2023
Hajmi267.19 Kb.
#1100411
1   2   3
Bog'liq
Nutqning to’g’riligi aniqligi tozaligi mantiqiyligi ta’sirchanligi maqsadga muvofiqligi

Nutqning ta`sirchanligi

  • Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan og`zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya`ni notiq auditoriyani hisobga olishi ularning bilim darajasidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq
  • bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma`lumotga ega bo`lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e`tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi. So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta`sirli chiqadi.Nutq ta`sirchanligini oshrish uchun qilinadigan imo-ishora va boshqa xatti-harakatlar me`yorida bo`lishi kerak. Nutqning ta`sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma`lum ma`noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulo-hazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilat-larini ko`rsatib o`tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada ta`sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.

Nutqning maqsadga muvofiqligi

  • Ma`lumki, so`zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so`zlanadigan nutq ma`lum maqsadga yo`naltirilgan bo`ladi. Ya`ni so`zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko`zlab, til vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me`yorlariga amal qilib so`zlangan nutq to`g`ri, aniq, toza, mantiqiy, ta`sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, «Nutq faoliyatida muallif o`z oldiga qo`ygan maqsadni eng aniq, eng to`g`ri, eng yaxshi, eng ta`sirchan, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so`zlarni, so`z birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin»
  • Xullas, yaxshi nutq so`zlovchi va yozuvchidan savodxon-likni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon-dir. Umuman, nutq aniq va ravon, grammatik jihatdan to`gri shakllangan bo`lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon
  • qilinishi lozim bo`ladi.

Download 267.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling