Bajardi: 270-guruh talabasi Ne'matullayeva Muhayyo
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Ne\'matullayeva Muhayyo
uəldər, əshg‘əl-dəshg‘əl – tentak;
mtmri, su quyd, shəytən – shum; battכl, qioyiq, ters, aks – qaysar; buvi, כyi, biyi – ona; chכrsi - qiyiq, qiyiqcha – belbog‘; diykat, pismiltiq – ayyor; kuvar, bכlg‘a, tכvar – tesha. O‘zbek shevalarida antonimlar ham ishlatiladi: janub - chushlik (tushlik) tez - jay (tez-sekin) yəxsh - shildir (yaxshi-yomon) kun ch’q’sh (sharq) - kun bət’sh (g‘arb) pəst - yuqori bכbək (chaqaloq) - soqim (katta) choqor (chuqur) - t’k (baland) oqəv (achchiq) - tətt’ (shirin) tumən (past) - b’y’k (baland). Shevalarda yangi so‘zlar, ya’ni neologizmlar ham qo‘llanadi: kar’dכr, pכl’kl’n’ka, akכp, kכntrכl, semכn, adris, atכm, xaladilniy, kכsmכs, iskələt (skalad), chekənkə, trəli:bus (trolleybus) va boshqalar. Bulardan anglashilib turibdiki, shevalarimizda “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ga kirmay qolgan quyidagi so‘z guruhlari bor: . 1.Etnografik-dialektal so‘zlar. “O‘zbek adabiy tilida ham, sheva- larimizda ham xalqimizning asrlar davomidan shaklllangan juda qadimgi turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy madaniyati bilan aloqador ko‘pgina so‘z, terminlar mavjud. Lekin bu xil so‘zlar – adabiy tildagi etnografizmlar ham, adabiy til va shevalar uchun mushtarak bo‘lgan adabiy-dialektal etnografizmlar ham, faqt sheva, dialektlarga xos etnografik so‘zlar ham bir-birlaridan farqlangan holda tadqiq etilmagan. Xullas, DLga faqat shevalardagina qo‘llanadigan etnografizmlar kiritiladi va ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, DLning qimmati shunchalik ortadi”. 2.Leksik-semantik dialektal so‘zlar. ”Sheva, dialektlardagi so‘zlar adabiy tildagi, shuningdek boshqa biror sheva, dialektdagi xuddi o‘sha xil so‘zlardan ma’nosiga ko‘ra farqlanadigan bo‘lsa, ular leksik- semantik dialektlar so‘zlar guruhini tashkil etadi. Masalan adabiy til va shevalarda mavjud bo‘lgan aka so‘zi ayrim shevalarda “ota” va hatto “pochcha” ma’no-larini qo‘llanadi. Yoki adabiy tildagi va shevalardagi “dərs” (urok) so‘zi Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida “mahalliy o‘g‘it, go‘ng” ma’nosida uchraydi. Ko‘pchilik hollarda bu xildagi so‘zlarning har ikkalasi ham sheva vakillari tomonidan qo‘llanadi va ularning ma’nolari nutq jarayonida tushinarli bo‘ladi. Qiyoslang, pəshə (Sayram, Chimkent, Forish, Andijon) ~ pəshshə (Xorazim-qipch., QQASSR-o‘zb., Buxoro, Farg‘ona) ~ peshshe (Xorazim-o‘g‘uz) ~ pə:shə (Iqon) – chivin (komar), ch’b’n (Xorazm-qipch., QQASSR – o‘zb.) ~ ch’v’n (Xorazim-o‘g‘uz) ~ chibin // chivin (Buxoro) ~ chi:vin (Qoramurt) ~ chu:n (Shahrisabz) – pəshshə (muxa). Sh.Rahmatullayev “dialektizm-ma’no” deb atagan bu xil so‘zlar leksik-semantik dialektal so‘zlar sifatida DLga kiritiladi”. 3.Leksik-fonetik dialektal so‘zlar. “F.A.Abdullayev “...fonetik o‘zgalik ma’nodagi o‘zgalik bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday so‘zlar lug‘atga kiritilishi kerak”, - deydi. Ayrim dialektologlarimiz esa DLda “fonetik o‘zgarishli, ammo ma’no o‘zgaligiga ega bo‘lmagan so‘zlar mustaqil so‘z sifatida berilmaydi”, - deyishadi. Bu fikrga qo‘shilish qiyin, chunki shevalarimizda mavjud bo‘lgan xilma-xil fonetik hodisalar sababliadabiy tildagi ba’zi so‘zlar shu qadar o‘zgarib ketadiki, hatto ularning qanday so‘z ekanligini izohsiz aniqlab bo‘lmaydi: a)Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa shevalarda jdav so‘zi bor. Bu so‘z y->dj- hamda –g‘ >-v tovushlari o‘tishi tufayli sodir bo‘lgan adabiy tildagi yog‘ so‘zining aynan o‘zidir; b)Oshobo shevasida burgulte, olta kabi so‘zlar mavjud. 4. Leksik-derivatsion dialektal so‘zlar. “Adabiy tilda yoki faqat shevalarda mavjud bo‘lgan xilma-xil so‘z yasovchi affikislar shevalardagi so‘zlarga yoki adabiy til va shevalar uchun mushtarak so‘zlarga qo‘shilishi natijasida sheva, dialektlarda adabiy tilda uchramaydigan dialektal so‘zlar vujudga keladiki, ularni “leksik-derivatsion dialektal so‘zlar” deb atagan ma’qul”. 5.Morfologik-dialektal so‘zlar. “Adabiy til va shevalardagi so‘z o‘zaklariga forma yasovchi affikslarni qo‘shish orqali vujudga kelgan morfologik-dialektal so‘zlar turli xil bo‘lib, ular, odatda, forma yasovchi affikslarning birgalikda qo‘llanishi, turli xil fonetik o‘zgarishlarga uchrashi yoki faqat shevalarga xos foma yasovchi affikslarning qo‘shilishi natijasida shevalarda (adabiy til uchramaydigan) כpəng’lə - opanglar; כtəluv’ // כtəluy’ - otalari; Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling