Bajardi: 47-20 guruhi talabalari G’aybullayev H
Download 0.87 Mb.
|
temir beton mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 47-20 guruhi talabalari G’aybullayev H.________
- Виброоборудование для бетона
O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi Fakulteti Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi Beton va temir-beton texnologiyasi fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Temir-beton konstruksiyalarni zichlashtirish usuliBajardi: 47-20 guruhi talabalari G’aybullayev H.________Mamarajabov A.________Mahmudov O.________Tekshirdi:Tohirov J._______Reja:1.Kirish 2.Asosiy qism 2.1. Beton qorishmani zichlashtirish 2.2. . Beton qorishmaga tebranishlarni uzatish xarakteri. 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar Bugungi kunda Respublikamizda qurilish YAIM ning qaryib 10 % ga yaqinini tashkil qiladi.Qurilish sohasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.2021-2025 yillarda O`zbekistonda qurilish sohasini rivojantirishning strategiyasi qabul qilingan bo`lib bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Beton qorishma shibbalash, sanchqilash, titratish (vibratsiya) va vakuumlash yo‘li bilan zichlashtiriladi. Titratish beton qorishmani zichlashda asosiy usul hisoblanadi. Beton qorishmani titratish usulida zichlash o‘zaro bog‘liq ikki parametr: amplituda va tebranish chastotasi bilan xarakterlanadi. Beton qorishmani zichlashda quyi chastotali (chastotasi 3500 tebr/min gacha, amplitudasi 3 mm), o‘rtacha chastotali (3500-9000 tebr/min, amplitudasi 1-1,5 mm) va yuqori chastotali (10000-20000 tebr/min, amplitudasi 0,1-1 mm) titratgich (vibrator)lar ishlatiladi.Yuqori chastotali titratgichlar yupqa devorli konstruksiyalar va mayda to'ldiruvchili betonlarda ishlatiladi. Beton qorishmaga tebranishlarni uzatish xarakteriga ko‘ra titratgichlar ichki, tashqi va yuza titratgichlarga bo‘linadi. Ichki titratgichlar poydevor, ustun, progon va shu kabi konstruksiyalarni betonlashda; tashqi titratgichlar zich armaturalangan yupqa devorli konstruksiyalarni betonlashda; yuza titratgichlari esa yopma plitalar, pollar va yo’llarni betonlashda ishlatiladi.Beton qorishmani vakuumlash undagi erkin kimyoviy bog‘lanmagan suvni va havoni surib olishga asoslangan. Bu usulda zichlangan betonning nixoyaviy mustahkamligi titratish usuliga nisbatan 15-20%ortiq bo‘ladi. Betonning sovuqqa chidamliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi. Vakuum qurilmasi vakuum-nasos, vakuum-shchit va suruvchi shlanglar komplektidan iborat. Vakuum-shchit o‘lchami 100x125sm ga teng. Nasos ishga tushgach shchit bilan beton sirti oralig‘ida vakuum hosil bo‘ladi va beton tarkibidagi havo va erkin suv so‘rilib shlanglar orqali suv yig‘gichga uzatiladi. Vakuumlash natijasida 20-25% erkin suv so‘rib olinadi. Vakuumning ta’sir chuqurligi 20-30sm ni tashkil etadi. Vakuumlash usuli yupqa devorli konstruksiyalar(obolochka, to‘sinsiz orayopmalar, parda devorlar) ya’ni qalinligi 25...30sm dan oshmaydigan konstruksiyalarda samarali hisoblanadi.Виброоборудование для бетонаZB-5 Многофункциональный однофазный вибратор для бетона, Настольная портативная Вибрирующая лопатка, вибратор для цемента, 220 В, 1 шт Beton qorishma zichlashtirish usullari shibbalash sanchqilash titratish vakuumlash Beton qorishmaga tebranishlarni uzatish xarakteriga ko‘ra titratgichlar Tashqi titratgichlar Ichki titratgichlar Yuza titratgichlar Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1.Beton to`ldiruvchilar texnologiyasi Rahimov Sh.T. Phd dotsent 2021. 2. Qishloq qurilish texnologiyasi: 0 ‘quv qoilanma / X.I. Yusupov,[va boshq.] - Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. -192 b. 3.Internet manbalariDownload 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling