Bajardi 97-2 guruh talabasi Musurmonov Asror Variant №36
M.Fridmen va J.M.Keyns nazariyalari o‘rtasidagi farqlar
Download 62.04 Kb.
|
Bajardi 97-2 GURUH TALABASI
M.Fridmen va J.M.Keyns nazariyalari o‘rtasidagi farqlar
Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan. 20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi. Keyns oʻzining „bandlik nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin. Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi. Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla bandlik“ sifatida talqin etiladi. Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya). 20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. M.Fridmanning zamonaviy miqdoriy nazariyasi. M.Fridman va J.M Keyns nazariyasi o'rtasidagi farqlar. 1956-yilda Milton Fridman “Pulning miqdoriy nazariyasi: yangi versiyasi” mashhur kitobini chop etgan, shunga qaramasdan, I.Fisherning bu ishida miqdoriy nazariyasi ishiga suyangan bo`lsa ham, uning pulga talab nazariyasi I. Fisherga nisbatan M.Keynsga ko`proq o`xshaydi. Uning o`tmishdoshlari kabi Fridman pulni saqlash motivlarini o`rgandi. Ularni izchil o`rgangandan ko`ra Keynsga o`xshab, u shunchaki tahmin qildiki har qanday aktiv uchun pulga talab o`sha faktorlar bilan aniqlanadi. Keyin Fridman talab nazariyasini aktivlar va pulga qo`lladi Aktivlarga talab nazariyasiga binoan, pulga talab puldan kutilayotgan daromadga nisbatan boylik hajmiga va kutilayotgan boshqa aktivlarning daromad olib kelishiga bog`liq. Keyns kabi, Fridman tan oldiki malum miqdorda pul qoldiqlarini haqiqiy ko`rinishda ushlab turishga harakat qilishadi. Shuning uchun Fridman pulga talabni quyidagicha ifodaladi : ^=/(Yp,+ p ̴rm Bu erda Md/P haqiqiy pul qoldiqlariga bo‘lgan talab, Y – boylik darajasi, Fridman bo‘yicha doimiy daromad deb nomlanadi( joriy diskontlangan turar narxi kelgusi barcha daromadlarning yoki soddalashtirilganda kutilayotgan o‘rtacha uzoq muddatli daromad) ,Ƨm pullardan kutilayotdan daromad, Ƨb obligatsiyalardan kutilyotgan daromad, Ƨ oddiy aksiyalardan kutilayotgan daromad, inflyasiyaning kutilayotgan o‘sishi. Tenglama ostidagi belgilar ko‘rsatadiki, pulga bo‘lgan talab bilan va unga mos o`zgaruvchilar bilan orasidagi qanday bog`lanish borligini ko`rsatadi:to`g`ri (+) teskari (-). Fridman nazariyasidagi pulga talab omillarini va ularning ahamiyatini ko`rib chiqamiz. Ma'lum bo`lishicha aktivlarga talab boylikka to`g`ri bog`lanish, shuning uchun ham pulga talab doimiy daromadga to`g`ri bog`lanishdir( boylik darajasi Fridman bo`yicha). Qaysiki (+) belgi bilan belgilangan Yp o`zgaruvchi ostida. Doimiy daromad (kutilayotgan o`rtacha uzoq muddatli daromad) odatdagiga qaraganda qisqa muddat ichida ancha kam tebranadi, chunki uning ko`plab o`zgarishlari vaqtli harakterga ega. Masalan, iqtisodiy o`sish paytida daromadlar tez ortadi, ammo bu hodisa vaqtinchalik va o`rtacha uzoq muddatli daromad unchalik o`zgarmaydi. Bundan kelib chiqadiki, yuqori faollik paytida doimiy daromad joriy vaqtga nisbatan unchalik sezilarli darajada ortmaydi. Retsessiya davrida joriy daromadlarning kamayishi kuchli bo`ladi, ammo bu vaqtinchalik harakterga ega, Shuning uchun o`rtacha kutilayotgan uzoq muddatli daromad joriydagiga qaraganda unchalik kamaymaydi. Doimiy daromadning pulga bo`lgan talab omillaridan biri deb qarab shunday xulosaga kelamizki pulga talab qisqa mudatli iqtisodiyotdagi tebranishlarda unchalik o`zgarmaydi. Aholi o`z jamg`armasini faqat pul ko`rinishida saqlamasligi mumkin. Fridman alternative pullarga bo`lgan jamg`armani 3 ko`rinishga bo`ldi: obligatsiyalar, aksiyalar va boylik. Aholi agar ularning daromad keltirishi kutilayotgan pul daromad keltirishidan yuqori bo`lsa bu turdagi pulni afzal ko`radi. Pulga talabdagi ohirgi uchta o`zgaruvchilar bu alternativ pullardan kutilayotgan daromadning og`ishi kutilayotgan puldan keladigan daromadga nisbatan. Har bir o`zgaruvchi ostidagi(-)belgisi shundan dalolat beradiki , ularning ixtiyoriy bittasining ortishida pulga talabni kamayishiga olib keladi . Puldan kutilayotgan daromadga Ƨm, barcha uchta holda, ikkita omil tasir etadi. 1. Depozit bo‘yicha bank hizmati doirasi, pul massasi ichiga kiradi, masalan, pul to‘lovlarini chek orqali yoki avtomatik tarzda to‘lanishi. Bunday turdagi hizmat hajmining ortishi bilan pullardan kutilayotgan daromad ortadi. 2. NOW tipidagi schotlar va boshqa depozitlar bo`yicha foizli to`lovlar summasi pul massasiga kiradi. Foiz to`lovlarining summasini ortganida pullardan kutilayotgan daromad ortadi. Agar pulga talab funksiyasidagi Ƨb – Ƨm va Ƨ – Ƨm ifoda obligatsiyalar va aksiyyalardan kutilayotgan daromadni harakterlaydigan bo‘lsa, bunday holda puldan kutilayotgan daromadga nisbatan if - Ƨm ifoda boylik va puldan kutilayogan daromad orasidagi farqni ifodalaydi. Boylikdan kutilayotgan daromad- narx oshganligi tufayli kapitaldagi kutilayotgan ko`tarilishning normasi va u kutilayotgan inflyasiya o`sish suratiga teng. Masalan, 10 % inflyasiya o`sish surati kutilayotgan bo`lsa, boylikdan kutilayotgan daromad ham 10 % ni tashkil etadi. ∏5-rm o‘sganda boylikdan kutilayotgan daromad pulga nisbatan o‘sadi, va pulga talab tushadi.
Download 62.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling