Bajardi: “Fizika” yo’nalishi 19. 10-guruh talabasi Kamolova Durdona Ilmiy rahbar


Download 462.63 Kb.
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi462.63 Kb.
#1545478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FIZIKA 19.10 ..durdona(1)

Alfa nurlanish:
Alfa nurlanish odatda og’ir yadrolarning radioaktiv yemirilishida v aba`zi yadro reaksiyalarida vujudga keladi. Alfa zarra 2 ta neytron va 2 ta protondan tashkil topadi, shuning uchun u geliy atomi yadrosi bilan aynan o’xshash. Unda elektronlar yetishmasligi sababli alfa zarra +2 zaryadga ega. Bu musbat zaryad nishondagi atom orbitasidan elektronlarni tortib olishga sabab bo’ladi. Alfa zarra materialdan o’tayotganda, atom yaqinida uning orbitasidagi elekronlarni olib qo’yadi. Elektronlarni tortib olish uchun maxsus energiya belgilangan, shu sababli alfa zarra energiyasini har bir ta`sirlashish davomida kamaytirib boradi. Oqibatda zarra orbitasiga 2 ta elektonni qo’lga kiritib geliy atomiga aylanadi, buning uchun esa ko’p miqdorda kinetik energiya sarflaydi. Alfa zarraning bu qadar ko’p miqdorda energiyasini sarf qilishiga sabab uning kuchli musbat zaryadi va kata massasidir. Energiyaning katta miqdorda yo’qotilishi zarraning biror moddadan o’tishini cheklaydi. Katta energiyali alfa zarralar ham santimetrlardagi havo qatlami yoki qog’oz bo’lagi orqali to’xtatiladi.


2.2 Yadro nurlanish
Yuqori energiyali har xil nurlanishlar manbayi yadro yemirilishlari, reaksiyalari, zaryadli zarralar tezlatgichlari ham da kosm ik nurlar hisoblanadi. Bu nurlanishlar zaryadli yoki zaryadsiz, energiyalarining katta-kichik boMishiga qarab muhit atomlari bilan turlicha ta’sirlashadi. Shuning uchun yadro nurlanishlarining moddalar bilan ta’sirlashuvini o’rganish, ta’sirlashuvdagi muhitning xususiyatlarini (massasi, zaryadi, zichligi...) va nurlanishlar xususiyatlarini (zaryadi, energiyasi, intensivligi) aniqlash imkoniyatini beradi. Ta’sirlashuvga ko’ra, muhit ichki tuzilishi, mustahkamligi, tarkibi, biologik xususiyatlarining o ‘zgarishi, bundan tashqari, nurlanishlardan himoyalanish va nurlanishlarni qayd qilish imkonini beradi. Yadroviy nurlanishlarning moddalar bilan ta’sirlashuv qonunlarini o ‘rganish yadro fizikasining amaliy maqsadlarda qo’llanish asosini yaratadi.
Yadro nurlanish zarralari muhit atomlari bilan kuchsiz, elektromagnit va kuchli yadroviy o’zaro ta’sir kuchlari vositasida ta’sirlashadi. Z aryadli o g ‘ir zarralar va gam m a fotonlar m uhitdan o ‘tishda ta’sirlashuvni asosan elektromagnit ta’sirlashuv bilan amalga oshiradi, kuchli yadroviy ta’sirlashuvda qatnashmaydi, chunki yadro kuchlari qisqa masofada ta’sirlashadi, bundan tashqari, yadroda elektronlar Z qadar ko’pdir.
Yadro nurlanishlar energiyasi (0,01 — 0,1 MeV dan ГeV gacha) atomlarda elektronlar ionizatsiya energiyasidan ( eV) juda katta bo’lgani uchun elektronning atom qobig’ida bog’lanish energiyasini e’tiborga olmasdan elektronni erkin deb qarash mumkin.
Zarralar muhit bilan turlicha ta’sirlashadi. Zarralarning muhit bilan ta’sirlashuv m exanizm ini zaryadli yengil (elektron, pozitron), og’ir (elektron, pozitrondan boshqa) zarralar va gamma kvantlarga ajratish mumkin.
Zaryadli zarralar muhitdan o’tishda atom elektronlari va yadro elektromagnit maydon bilan o’zaro ta’sirlashuvida energiyasini atomni uyg’otish yoki ionizatsiyalashga sarflaydi, yengil zaryadli zarralar esa bu kutubxonasi maydonda torm ozlanishi natijasida o’z energiyasining bir qismini nurlashga yo’qotishi mumkin.
Bu nurlanishga tormozli nurlanish yoki radiatsion nurlanish deb ataladi. Bu nurlanishda uzluksiz spektrli gamma nurlar hosil bo’ladi. Zaryadli zarralar energiyasi juda katta bo’ lganda shaffof muhitdan o’tishda VavilovCHerenkov nurlanishiga energiyasini yo’qotishligi mumkin.
Gamma nurlar o’z energiyalarini asosan fotoeffekt, kompton effekt, electron - pozitron juftini hosil qilish jarayonlariga sarflaydi. Agar gamma foton energiyasi juda katta MeV bo’lganda fotoyadro reaksiyalarini hosil qilishligi mumkin.
Neytronlarning moddalar bilan ta’sirlashuvi muhit atom yadrolari bilan kuchli o’zaro ta’sirlashuv tufayli ro’y beradi.

Download 462.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling