Bajardi: Hursanova Ozoda Tekshirdi: Baydullayev Abruhmon


ta dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar va 1 ta


Download 44.9 Kb.
bet5/7
Sana24.01.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1117593
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
farmatsiya sohasi

10 ta dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar va 1 ta ulgurji korxona sertifikatlashtirish jarayonida.
2021 yil I chorak yakuniga ko‘ra “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti-GDP” bo‘yicha 85 ta, “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti- GMP” standarti bo‘yicha 40 ta, “Sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarish-asosiy prinsiplari va ularning ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilishi” (USAID) standartlarini o‘zlashtirish bo‘yicha 43 ta soha mutaxassislari malakasini oshirdi.
Xorijiy davlatlar tashkilotlari va kompaniyalari bilan 2021 yilning I choragi davomida 28 ta uchrashuv va videokonfiretsaloqalar tashkillashtirildi9 ta forum va ko‘rgazmalarda ishtirok etildi. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida 5 ta Bitim va Memorandumlar imzolandi.
Amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risida maʼlumot
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlarini, ilmiy-texnik va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadga muvofik va juda muxim masala hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4937-sonli qaroriga farmatsevtika tarmog‘idagi umumiy qiymati
282,2 mln. dollar bo‘lgan 25 ta investitsiya loyihari kiritilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilish muddatlari 2021-2024 yillar qilib belgilangan. Shundan joriy yilda 98,0 mln. dollar investitsiyalarni, shu jumladan 22,4 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hamda 10,0 mln. dollar davlat kafolati ostidagi xorijiy kredit mablag‘larini o‘zlashtirilishi belgilangan. 2021 yil yakuniga qadar umumiy qiymati 59,0 mln. dollar bo‘lgan 14 ta loyihalarni ishga tushirilishi hamda 655 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Investitsiya dasturiga asosan Agentlik tomonidan umumiy qiymati 279,5 mln. dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari doirasida 2021 yilda 96,9 mln. dollar investitsiyalarni, shu jumladan 21,3 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hamda 10,0 mln. dollar davlat kafolati ostidagi xorijiy kredit mablag‘larini o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalar doirasida 2021 yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra jami 13,2 mln. dollar (shu jumladan 4,4 mln. dollar xorijiy investitsiya va kreditlar) investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi hamda belgilangan hisobot davridagi reja 157,5 foizga bajarildi.
Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri.
Respublikamizda farmatsevtika sanoatni samarali rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri maxsus iqtisodiy zonalari hisoblanadi. Iqtisodiy zonalar davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni real qo‘llab-quvvatlash va ularni rivojlantirishni yangi yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xom ashyodan tortib to tayyor dori vositalari ishlab chiqarish va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni amalga oshiradigan farmatsevtik korxonalarni, ilmiy-tadqiqot va o‘quv komponentlarni kompakt bir hududda yani farmatsevtik klasterda joylashishi xarajatlarni kamayishiga, dori vositalarini innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga zamin yaratadi va sinergetik samara olishga imkon yaratadi.
Klasterda oliy farmatsevtika taʼlim muassasasi, klasterga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar paydo bo‘ladi. Farmatsevtik klasterni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribaga ko‘ra, boshida bir necha yirik farmatsevtika korxonadan iborat sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu esa maʼlum darajada infratuzilma elementlari va boshqa yordamchi ishlab chiqarishlar barpo etilishiga sabab bo‘ladi.
Farmatsevtik klasterni barpo etishning xorij tajribalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, sanoat zonalarda farmatsevtik klasterni tashkil etish quyidagi shartlarning bajarilishini talab etadi:
- kooperatsion aloqaga ega va intensiv rivojlanishdan manfaatdor farmatsevtik korxonalar mavjudligi.
- tor ixtisoslashuvga ega va autsorsing bo‘yicha ayrim ishlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kichik biznes mavjudligi.
- hududda farmatsevtikadagi ilmiy baza va maʼlum malakaga ega ishchi kuchini va boshqa ishlab chiqarish resurslari mavjudligi.
- innovatsion ishlab chiqarish infratuzulmasi:
- biznes-inkubator, farmatsevtik klasterni rivojlantirish markazi. strategik rivojlantirish rejasi mavjudligi.
Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali Zangiota tumanida zamonaviy texnoparkni tashkil qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi. 
Qaror bilan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish konsepsiyasi tasdiqlandi. «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish konsepsiyasi mamlakatning farmatsevtika tarmog‘ida o‘quv, ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish tizimini shakllantirishga, eng yaxshi xorijiy o‘quv dasturlari asosida farmatsevtika sohasida kadrlarni o‘qitish va tayyorlashga, chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan.
Hududi: 50 gektardan iborat, umumiy qiymati 394,7 mln. doll. bo‘lgan 8 ta o‘quv-ilmiy va maʼmuriy obyektlar qurilishi va 6 ta investitsion loyihalar amalga oshirish orqali 2 730 dan ortiq yangi ish o‘rinlari hamda O‘rta Osiyoda yagona zamonaviy farmatsevtika klasteri tashkil etilmoqda.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling