Bajardi; Imzo Mahmudjonov O. Qabul qildi; Imzo jalilov L
Global ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari
Download 18.5 Kb.
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAYYORAMIZDA SODIR BOLADIGAN GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR. Atmosfera havosi global darajada isimoqda, Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda
- Ichimlik suvi kamayib bormoqda, Ormonlar maydoni qisqarib bormoqda Orol degizi qurishi
1 Global ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari.
SAYYORAMIZDA SODIR BO'LADIGAN GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR. Atmosfera havosi global darajada isimoqda, Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda, Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda, Okean suvlarini isishidan to'fonlar paydo bo'lmoqda, Ba'zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo'lmoqda, Ichimlik suvi kamayib bormoqda, O'rmonlar maydoni qisqarib bormoqda Orol degizi qurishi Bunday ekologik o'zgarishlar inson hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda, chunki inson va barcha tirik organizmlar ma'lum sharoitda yashashga moslashganlar. Shuningdek, har bir mamlakat o'zini sharoitiga ko'ra, ma'lum bir qishloq xo'jalik strukturasiga ega. Hozirgi davrda tabiatda sodir bo'layotgan ekologik katoklizmalar (falokatli hodisalar) nafaqat tabiiy omillar asosan antropogen omillar ta'sirida sodir bo'layapti. Hozirgi davrda yashab turgan kishilar tabiatdagi global darajadagi ekologik o'zgarishlarni shohidi bo'lmoqdalar. Ularning bir qismi tabiiy omillar (Quyosh) ta'sirida sodir bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan antropogen omillar ta'sirida ekologik falokatlar sodir bo'layapti Ma'lumki keyingi yillarda aholi sonini o'sishi, ularning iste'mol tovarlarga bo'lgan talabining ko'payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko'p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Aholi soni inson paydo bo'lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo'lsa, 1830 yildan 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 2000 yilga qadar 6 mlrd.ga etdi. Shu darajada ko'payish davom etaversa, XXI asr o'rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga etishi mumkin. Odam sonining ko'payib borishi sayyoramizda yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi Oʻtgan asrlardan boshlab yadroviy urushlar, global moliyaviy inqiroz, epidemiya, suv toshqinlari yoki choʻllanish kabi muammolarga qarshi kurashib kelinayotgan boʻlsa, yangi asr arafasida ozon qatlamining yemirilib borayotgani ular safiga qoʻshilib, u keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Maʼlumki, ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan oʻrtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa, bu bor-yoʻgʻi 8 km. balandlikda boshlanadi. Ahamiyatlisi, 20 kilometrdan 25 kilometrgacha oraliqdagi 5 km.da ozonning eng zich qismi bor. Tashqaridan ozon juda katta qatlamni tashkil etsada, aslida uning zichligi kam, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li yupqa plyonka hosil boʻlishi mumkin. Dunyo sanoatlashib borayotgani sari insoniyat uchun yangidan yangi xavf-xatarlar soni va koʻlami ham ortib bormoqda. Ozon qatlami yemirilishi Maʼlumotlarga qaraganda, oxirgi chorak asr davomida odamlarda teri saratoni, koʻz kasalliklari, immun tizimining susayishi kabi kasalliklar tobora koʻpayib bormoqda. Qolaversa, oʻsimliklar dunyosi va hayvonot olamida ham sezilarli salbiy oʻzgarishlar qayd etilmoqda. Ayniqsa, dehqonchilik tarmogʻida hosildorlik pasaya boshlagan. Kislorod manbayi boʻlgan daraxtlarning barglari kichrayib, fotosintez jarayoni qiyinlashmoqda. Bularning barchasiga sabab ozon qatlamida tuynuklar paydo boʻlayotgani, borlari esa, tobora kattalashib borayotganligidir. Chunki, ozon Yerning qobiq qismlaridan biri boʻlib, u quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qilib keladi. Ozon tuynugi dastavval, 1985-yil Antarktida ustida, keyinroq Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-yil esa Arktika ustida kuzatilgan. Eng dahshatlisi, bundan 20 yillar muqaddam Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga – 26 mln. kv. km.ga yetganligi aniqlandi. Buni bemalol Afrika qitʼasi hududiga tenglashtirish mumkin. Bu oʻz navbatida, sayyoramizning oʻziga xos himoya qalqoni hisoblangan ozon qatlami muhofazasiga har qachongidan koʻproq va jiddiyroq eʼtibor qaratish hozirgi davrda gʻoyat muhim ekanligini koʻrsatmoqda. Toʻgʻri, Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985-yil Vena konvensiyasi, 1987-yil Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarga koʻra, ozon tuynuklarni keltirib chiqarayotgan sanoatdagi xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi taʼkidlangan. Biroq, mazkur xalqaro hujjatlar ijrosiga koʻplab davlatlar yetarlicha eʼtibor qaratishayotgani yoʻq. Oʻylashimcha, yuqorida keltirilgan xalqaro hujjatlarga qoʻshimcha ravishda har bir mamlakat ekologiya, xususan ozon qatlami muhofazasiga doir alohida milliy dastur qabul qilishi lozim. Bu fuqarolarning ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Download 18.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling