Bajardi: Islomov Doniyor Tekshirdi: Ubaydullayev Saidazim Toshkent 2022 y


Download 440.39 Kb.
bet1/5
Sana11.02.2023
Hajmi440.39 Kb.
#1189455
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 variant Doniyor


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: “Strelka o’tkazgichlar va rels zanjirlarida tutashmalarni holatini tekshirish ”

Bajardi: Islomov Doniyor


Tekshirdi: Ubaydullayev Saidazim
Toshkent - 2022 y.

KIRISH
Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ob’yektiv va ishonchli usul bo’lib, har qanday ishlab chiqarishning ajralmas qismini tashkil etadilar va muxim rol’ o’ynaydilar. Tabiatning turli xil hodi-salarni o’rganilishi, fan va texnika rivojlanishi o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqaruvi, ishlab chiqarishning jarayonlarini va nazorat operatsiyalarini avtomatizatsiyalash ham o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir.
Har xil o’lchov turlari orasida elektr o’lchovlari birinchi o’rinda turadi, chunki ular ko’pgina afzalliklarga ega. Bular qatoriga quyida-gilarni kiritish mumkin:
a)kattaliklarni uzluksiz o’lchash imkoniyati (diagramma yoki tasmalarda yozib olish);
b)o’lchash ob’yektidan uzoqlashgan holda kattaliklarni o’lchash imkoniyati
Turli xil o’lchovlar orasida elektr o’lchovlar nisbatan yuqori aniqlikka va sezgirlikka ega. Temir yo’llarning yuk tashishni ko’paytirish rejasini bajarish uchun temir yo’l transportiga avtomatika va telemexanika qurilmalarini keng joriy qilish zarur. Poyezdlarning harakat xavfsizligi va uzluksiz qatnovligi shu qurilmalarning ishonchli va to’xtovsiz ishlashiga bog’liqdir. Hozirgi zamonda bu qurilmalarni havo va kabel’ tarmoqlari, stansion moslamalari, elektron apparaturalari va elektr quvvat asbob – uskunalari tashkil etadi. Hamma qurilmalar og’ir ob – havo va foydalanish sharoitlarida ishlaydi. Ularning ishlash sifatiga ob’yektiv bahoni faqat texnik shartlar va me’yorlar bilan olingan o’lchov ma’lumotlarni solishtirilgandagina berish mumkin. Elektr o’lchovlarni natijalarga ko’ra oldindan nazoratdagi qurilmalar holatidagi o’zgarishlarni aniqlash va turli xil jihozlarning funksiyasini buzilishini oldini olish mumkin. SHunday qilib, avtomatika va telemexanika (A va T) apparatlarining normal ishlashini ularning parametrlarini vaqt – vaqti bilan o’lchash, tartibga solish, sozlash va buzilgan uskunalarni almashtirish yo’li bilan ta’minlash mumkin. Doimiy texnik xodimlarning ishtirokisiz A va T tizimlariga davriy xizmat ko’rsatishni joriy etish, uskunalarni ta’mirlash, ekspluatatsion xizmat qilishga ketgan mehnat harajatlarini pasaytirish va avtomatizatsiya darajasini ko’paytirish A va T qurilmalarini takomillashtirishdagi umumiy yo’nalishi hisoblanadi. Bularning hammasi keyinchalik o’lchovlarni ham mukammallashtirish zarurligini keltirib chiqaradi.
Bu o’zgarishlar har xil yo’nalishlarda boradi, shu jumladan o’lchovlarni yangi usullarini ishlab chiqarishi, yangi o’lchov asboblar va moslamalarni ishlab chiqarish va joriy qilish, o’lchov komplekslarini avtomatlashtirish, telenazorat va teleo’lchovlarni tizimlarini yaratish hamda ma’lumot yig’ish, uni ishlab chiqish, shu jumladan EHM dan ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lgan A va T uskunalarini texnik tashxis tizimlarda ko’rish mumkin. Texnik shartlarga va me’yorlardan chetga chiqishni operativ bartaraf qilish hisobiga temir yo’l A va T tizimlarda (TATS) o’lchov texnikasini qo’llash ularning ishlash ishonchini ko’paytirib, natijada poyezdlarning harakat xavfsizligini va uzluksizligini oshiradi.


REJA:

1. Strelkali o’tkazgichlarda o’lchovlar
2. Birlamchi parametrlarni o’lchash usullari
3. Rel’s zanjirlarining parametrlarini o’lchash va tekshirishga ko’rsatmalar
Xulosa



Download 440.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling