Bajardi: Kimsanov Jasur Guruh: xbas-61


Download 1.19 Mb.
Sana13.12.2020
Hajmi1.19 Mb.
#166016
Bog'liq
prezentatsiya Kimsanov

Mavzu: Byudjet tashkilotlarida Asosiy vositalar bo’yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish.

Bajardi: Kimsanov Jasur

Guruh: XBAS-61

Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.

Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).

Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:

  • Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;
  • Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;
  • Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
  • Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
  • Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
  • Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
  • Asosiy vositalar bo’yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.

Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar ob’ekt (predmet) bo‘yicha yuritiladi.

Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:

  • oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
  • kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
  • beg’araz kelib tushish;
  • tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
  • asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Sintietik hisob – bu asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi bo’lib, u maxsus hisob raqamlarda yuritiladi.

Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning sintetik hisobi 01 “Asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.

01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:

  • 010 “Turar-joy imoratlar”;
  • 011 “Noturar joy imoratlar”;
  • 012 “Inshootlar”;
  • 013 “Mashina va jihozlar”;
  • 015 “Transport vositalari”;
  • 018 “Kutubxona fondi”;
  • 019 “Boshqa asosiy vositalar”.

01 “Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki qiymatini oshishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki qiymatini kamayishi) aks ettiriladi.

Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin.

Ko‘p yillik o‘simliklar turi, o‘tqazilgan birliklar soni va maydoni ko‘rsatilgan holda inventar ob’ektlari bo‘yicha hisobga olinadi. 

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling