Bajardi: Mamaroziqov Muzaffar Tekshirdi: Mardiyev Ulug’bek Toshkent 2022 Mundarija


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari va ularni yaxlitligini ta’minlash


Download 0.75 Mb.
bet12/23
Sana01.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1317810
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
xisobot

14.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari va ularni yaxlitligini ta’minlash
“Ma’lumotlar bazasini himoyalash” deganda ma’lumotlar bazasidan ruxsatsiz foydalanishdan, ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan о‘zgartirilishidan yoki buzilishidan ogohlantirish; apparat va dasturiy vositalarning yanglishishidagi va ekspluatatsiya xodimi xatosidagi ma’lumotlarning о‘zgarishidan yoki buzilishidan ogohlantirish tushuniladi.
Ma’lumotlar bazasi (MB) - ma’lum predmet soxadagi ma’lumotlar tuplamidir.
Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimi (MBBT) - ma’lumotlar bazasini yaratish va xizmat kursatish xamda ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarishni (ulardan foydalanish imkoniyati va kayta ishlash) ta’minlovchi dasturiy vositalar (dasturiy tizim yoki dastur paketi) tuplamidir.
Ma’lumotlar modeli - ma’lumotlar va ular orasidagi aloka kurinishidagi predmet soxasi xakidagi tushuncha. YA’ni ma’lumotlar modeli - bu uzaro boglangan ma’lumotlar tuzilmalarining tuplami va bu tuzilmalar ustidagi amallarni anglatadi.
2. MBBTlarni avlodlar bо‘yicha ajratish mavjud. Birinchi avlod MBBTlari (XX asrning 60-70 yillari) iyerarxik va tarmoqli modellarga asoslangan, ikkinchi avlod MBBTlariga relyatsion tizimlar taalluqli. Uchinchi avlod MBBTlari ma’lumotlarning murakkab strukturalarini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi rivojlangan vositalarni madadlashi, ochiq tizimlarga qо‘yiladigan talablarni qondirishi lozim.
MBBT (ma’lumotlar bazasi) MB ni boshqarish turlari quyidagilarga bо‘linadi:
Iyerarxik MBBT – axborotni daraxtsimon kо‘rinishda qо‘llab-quvvatlaydi.
Iyerarxik MB markazlashgan strukturaga ega, ya’ni axborot xavfsizligini osongina nazorat qilish mumkin. Afsuski, zarur bо‘lgan yozuvlarni saqlashning “avlod-ajdod” munosabatlari fizik tartibda bir yozuvdan boshqa yozuvga о‘tishda amalga oshiriladi. Daraxtning yarmida joylashgan yozuvlar boshqa tarafda joylashgan yozuvlardan tezroq aniqlanadi.
Tarmoqli MBBT – Tarmoqli model MBBT iyerarxik modelini kengaytiradi, yozuvlar orasidagi kо‘p aloqalarni guruhlaydi. Mantiqiy nuqtai nazaridan aloqa – bu yozuvni о‘zi emas. Aloqalar yozuvlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
CODASYL spetsifikatsiyasiga asosan tarmoq modeli DDL ni va DML ni qо‘llab-quvvatlaydi. (DDL- Data Definition Language – ma’lumotlarni aniqlash tili). (DML- Data Manipulation Language- ma’lumotlarni qayta ishlash tili). Bular maxsus tillar bо‘lib, MB strukturasini aniqlashda va sо‘rovnomalarni tuzishda qо‘llaniladi.
Tarmoqli model mavjud yozuvlar orasida aloqalarni о‘rnatishda butunlikni buzish va dublikat qilishni talab qiladi. Berilgan ma’lumotlarni mos jadvallarga о‘zgartirmay moslab yozuvi bilan bog‘lash mumkin.
Relyatsion MBBT- yuqoridagi modellarga taqqoslab model MBBT serveridan yuqori darajadagi murakkablikni talab etadi. Bu esa dasturchini ma’lumotlarni boshqarishda murakkab operatsiyalardan (iyerarxik va tarmoqli modellardagidek) xolos etadi.
MB relyatsion modelida jadvallarni markazlashgan ombori bо‘lib, kо‘pchilik foydalanuvchi tomonidan ma’lumot va kirishni bir vaqtni о‘zida xavfsizlikni ta’minlaydi. Jadvallarning qatorida maydon qismi ma’lumotlardan tashkil topgan bо‘lib, vositasiz yozuvlarga bog‘lanadi, qolgan qismi boshqa jadvallarda yozuv bilan bog‘lanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling