Bajardi: Mamatquloba M. B


Mutaxassis sifatida koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki uning xavfini kamaytirish uchun yana qanday ehtiyot choralarini koʻrish kerak, deb oʻylaysiz?


Download 1.08 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1398393
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
COVID-19

Mutaxassis sifatida koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki uning xavfini kamaytirish uchun yana qanday ehtiyot choralarini koʻrish kerak, deb oʻylaysiz?  
– Avvalo, shamollash yoki gripp alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyiling. Yuzni qoʻl bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta doʻkonlar kabi odamlar yigʻiladigan joylarga borishni kamaytiring. Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz va burningizni berkiting. Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.
Infeksiyadan saqlanish maqsadida himoya niqobini taqib yurish qanchalik zarur?
Bilasizmi, sizda yoʻtal, nafas olishda qiynalish kabi respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa, shuningdek, tibbiyot xodimi sifatida infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan boʻlsangiz yoki borib koʻrsangizgina tibbiy niqobni taqib yurishingiz mumkin. Respirator infeksiyasi alomatlari mavjud boʻlmagan barcha holatlarda himoya niqoblarini taqib yurishga zarurat yoʻq.
Infeksiyadan saqlanish maqsadida ovqat tayyorlayotganda qanday ehtiyot choralariga amal qilish lozimligi ham koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy...
– Avvalo, ovqat tayyorlayotganda, xom goʻsht va tayyor ovqatni kesish uchun alohida chopish taxtalari va pichoqlardan foydalanish zarur. Goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni yaxshilab yuvish muhim oʻrin tutadi. Goʻsht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning.
Safarga yoʻl olganda koronavirus infeksiyasidan saqlanish uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerak?
– Avvalo, zarurat boʻlmaganda xorijga chiqishdan cheklanish maqsadga muvofiq boʻladi. Safarga chiqqanda infeksiyadan saqlanish uchun yuqoridagi aytib oʻtilgan, umumiy gigiyenik qoidalarga qatʼiy rioya qilishi kerak. Bunda avval, qoʻllarni spirtli nam salfetka yordamida tez-tez artib, sovunlab yuvib turish kerak. Sogʻligingiz yomonlashsa, siz bilan safarga chiqqan guruh aʼzolariga xabar qiling va imkon boʻlishi bilan shifokorni ham xabardor eting. Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlardan yiroq boʻling, agar yuqoridagi alomatlar sizda sezilsa, safarni bekor qilganingiz maʼqul.









Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling