Bajardi: Mamitov Qanat bia-1/22 Mavzu: Keynschilik nazariayasi Asoschilari va tarafdorlari Vujudga kelishi va sabablari
Download 16.87 Kb.
|
Keynschilik nazariayasi
Bajardi: Mamitov Qanat BIA-1/22 Mavzu: Keynschilik nazariayasi 1.Asoschilari va tarafdorlari 2. Vujudga kelishi va sabablari 3.Asosiy g’oyasi 1.Asoschilari va tarafdorlari Keynschilik nazariyasiga Jon Maynard Keyns asos slogan. U Kembrijda 5 iyun 1883 yilda tug'ilgan 1946 yil 21 aprelda vafot etgan. Uning asosiy g’oyasi negizida bozor iqtisodiyoti sharoyitida iqtisodning davlat tomonidan tartibga solinishi yotadi. Uning g’oyalari iqtisodiy inqiroz paytida davlat iqtisodiyotini inqirozdan olib chiqishda asosiy negiz bo’lgan. Unin g’oyalari negizida 1950-yillarning ikkinchi yarmida E.Xansen (1887–1975), P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897–1974), R.Solou (1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900–1978) lar tomonidan yangikeynschilik nazariaysi yaratildi. 2.Nazariayaning vujudga kelishi va sabablari Keynschilik nazariyasi 1929–1933 yillardagi dastlab AQShda boshlangan va keyinchalik butun Evropa mamlakatlarini qamrab olgan buyuk turg’unlik davrida iqtisodiyotni “jonlantirish” zarurligidan kelib chiqdi. Buyuk turg’unlik davrida fond bozori halokatga uchradi va bu vaziyat bank vahimasiga, o’z aktivining asosiy qismini qimmatli qog’ozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va natijada muomalada pul massasi-ning keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi. Iqtisodiyotda vujudga kelgan bunday keskin vaziyat cheklangan resurslar sharoitida tanlov muammosini emas, balki ularning nisbiy ortiqchaligini (ommaviy ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari) muammosini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatni yaxshi tushungan J.M.Keyns iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi, unga ko’ra bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, o’zini-o’zi tartiblovchi tizim hisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin deb hisoblaydi. Iqtisodiyotni davlatning aralashuvi yordamida tartibga soilsh mumkinligini J.M.Keyns 1936 yili chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Download 16.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling