Bajardi: Mamitov Qanat bia-1/22 Mavzu: Keynschilik nazariayasi Asoschilari va tarafdorlari Vujudga kelishi va sabablari


Download 16.87 Kb.
bet2/3
Sana12.10.2023
Hajmi16.87 Kb.
#1699943
1   2   3
Bog'liq
Keynschilik nazariayasi

3.Asosiy g’oyalari
J.M. Keyns o’z qarashlarini “samarali talab”, “asosiy psixologik qonun”, “multiplikator”, “likvidlik ustunligi singari iqtisodiy nazariyalarida tushuntirib bergan.
«Asosiy psixologik qonun, – deb yozadi J.M. Keyns, – shundan iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi bilan o’z iste’molini ko’paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan darajada oshmaydi». Yani odamlarning daromadi oshgani bilan daromadining hammasiga istemol tovarlarini sotib olmydi, ulardapulni jamg’arishga moyillik bo’ladi. Shu jamg’arilgan pullarni investitsiyaga sarflash zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, investitsiyalar ishlab chiqarish isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi.
J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz me’yorini pasaytirish va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular etishmay qolgan sharoitda qo’shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qo’rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o’sishi va foiz me’yorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns kontseptsiyasi bo’yicha, ssuda foizi qancha past bo’lsa, investitsiyalarga bo’lgan qiziqish shuncha yuqori bo’ladi, bu, o’z navbatida, ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.
Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman tegishli soliq tizimi yo’li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. Yani fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
J.M.Keynsning fikricha, pullarning chiqib ketishining bosh sabablari
Download 16.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling