Bajardi: Maxkamova Ruxsona
Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari
Download 44.48 Kb.
|
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1
1.2. Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari.
Asosiy rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullariga: tasniflash, umumlashtirish va turkumlash usullari, induktiv va deduktiv tadqiqot usullari, tushunchalarni tuzish, dalillar, mantiq va boshqalar kiradi. Mantiqiy usullar negizini rasmiy mantiq talablari va prinsiplari tashkil etadi. Rasmiy mantiqiy fikrlash shakllarini – tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, isbotlar, argumentatsiya, asoslash va hokazolarni – ularning aniq mazmunidan chetlanib, ularning mantiqiy tuzilishi nuqtai nazardan o‘rganadi. Mantiq fikrlash shakllarini ularning tuzilishi tomonidan o‘rganadi, eng to‘g‘ri fikrash yo‘llarini tavsiflaydi. Rasmiy mantiq, masalan, tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bir mulohazadan boshqasini chiqarish qoidalarini shakllantiradi, isbotlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni ko‘rib chiqadi va hokazo. Tushuncha – bu shunday fikrki, unda predmetlar muayyan ko‘plik ichidan faqat ular uchun umumiy bo‘lgan belgilar tizimi bo‘yicha ajratib olingan va sinf sifatida umumlashtirilgan bo‘ladi. Shu tarzda, tushuncha sifatida vaziyat quyidagi belgilarga ega: «jihatlarning yig‘indisi», «vaqtincha birlik», «o‘zaro bog‘liqlik», «boshqaruv sub’ekti uchun muhimlik», «boshqaruv predmeti sifatida tasavvur etilish» va h.k. Umumlashtirilgan predmetlar turiga ko‘ra tushunchalar umumlashma va noumumlashma, shuningdek konkret va mavhum tushunchalarga bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bir-biridan yiroq, umumiy belgilarga ega bo‘lmagan tushunchalar solishtirilmaydigan tushunchalar deb ataladi (masalan, “vakolatlash” va “gul”). Qolgan tushunchalar solishtiriladigan deb ataladi va hajmiga ko‘ra o‘zaro mos (ushbu tushunchalarning hajmi to‘liq yoki qisman bir-biriga to‘g‘ri keladi) va o‘zaro mos bo‘lmagan (hajmi hech bir elementda bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan) tushunchalarga bo‘linadi. O‘zaro mos tushunchalar teng (yoki aynan 50 bir xil) ma’noli bo‘lishi mumkin. O‘zaro mos bo‘lmagan tushunchalar teng ergashish, qarama-qarshilik (issiq – sovuq, kun – tun) hamda ziddiyat (tun – quyosh) munosabatlariga ega bo‘lishi mumkin. Mulohaza – bu, unda biror-bir vaziyatlarning yoki vaziyatlar o‘rtasidagi aloqalarning mavjud emasligi ta’kidlanadigan fikrdir. Mulohazalarga misollar: “Oy aks etgan yorug‘lik bilan nur sochadi”, “O‘qish achchiq, lekin uning mevasi shirin”. An’anaviy mantiq ikki ma’noli hisoblanadi, chunki unda mulohaza chinlikning ikki ma’nosidan biriga ega bo‘ladi: u yoki chin, yoki yolg‘on. Uch ma’noli mantiqlarda mulohaza yoki chin, yoki yolg‘on, yoki noaniq bo‘lishi mumkin. Masalan, “Marsda hayot mavjud” degan mulohaza hozirgi vaqtda na chin, na yolg‘on emas – u noaniqdir. Ko‘pchilik boshqaruv vaziyatlarini tahlil qilishda dastlab, odatda, uch ma’noli mantiqdan foydalaniladi, va faqat keyingina, axborot to‘planishiga qarab, ikki ma’noli mantiqqa o‘tish mumkin. Mulohazalar, biror-bir xabar, axborotni o‘z ichiga olgan darak gaplar bilan ifodalanadi. Mulohazalar sodda va murakkab, ya’ni bir nechta sodda mulohazalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Qat’iy mulohazalar tasdiqlovchi va inkor etuvchi mulohazalarga bo‘linadi. Gap nima to‘g‘risida ketayotganligiga qarab – barcha predmetlar sinfi, ushbu sinfning bir qismi yoki bitta predmet – mulohazalar umumiy, xususiy va yagona mulohazalarga bo‘linadi. Har bir mulohazada miqdoriy va sifat tavsiflari mavjud. Shu sababli mantiqda miqdor va sifat bo‘yicha mulohazalarning birlashgan tasnifi qo‘llanib, uning asosida mulohazalarning quyidagi to‘rt turi ajratiladi: umumtasdiqlovchi, xususiy tasdiqlovchi, umuminkor etuvchi, xususiy inkor etuvchi. Mulohazalar tushunchalar singari solishtiriladigan va solishtirilmaydigan mulohazalarga bo‘linadi. Solishtiriladigan mulohazalar o‘zaro mos va o‘zaro mos bo‘lmagan mulohazalarga bo‘linadi. Ikkita mulohaza o‘zaro mos bo‘lmagan deb ataladi, agar birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqsa (ya’ni ularning ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmasa). O‘zaro mos mulohazalar bitta fikrning o‘zini to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullaridan samarali foydalanish uchun ishlatilayotgan tushunchalarni to‘g‘ri ifodalash zarur. Tushunchalar haqiqiy narsalar, voqealar, hodisalarni to‘g‘ri aks ettirishi uchun, ularni ta’riflashda ma’lum qoidalarga amal qilish zarur. 1. Tushunchalarni to‘g‘ri taqqoslash qoidasi. Ular orasida umumiylikka qaraganda farqli tomonlarning ko‘pligi yaqqol ko‘rinib turgan tushunchalarni taqqoslash mumkin emas. Masalan: “Boshqaruv – bu qonning organizm bo‘ylab harakatlanishidir”. Bunday ta’rif obrazli, lekin ilmiy nuqtai nazardan maqbul emas. 2.Aniqlovchi va aniqlanuvchi tushunchalar mutanosibligini o‘rnatish qoidasi. Masalan, samaradorlik – bu nafaqat boshqaruvning, balki istalgan boshqa faoliyat turining xossasidir deb tasdiqlash mumkin emas. Bunday tasdiqlash ta’riflash hisoblanmaydi. 3.O‘zi isbot talab qiladigan narsa bilan boshqa narsani isbotlashga urinishni taqiqlash qoidasi. Tushunchani o‘z-o‘zi yoki birinchi tushuncha bilan aniqlanadigan boshqa tushuncha orqali ta’riflash mumkin emas. Misollar: “Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruvchi tizim, boshqaruvchi tizim – bu boshqaruv sub’ektidir”; “Boshqaruv prinsiplari – bu boshqaruvda qo‘llanadigan prinsiplar”. 4. Ta’riflovchi qismda ishlatiladigan barcha tushunchalarning ravshan va aniq bo‘lish qoidasi. Tadqiqotda ta’riflash paytida metaforalar, noma’lum tushunchalar va atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Axir ta’rif noaniqlikni bartaraf qilish, mantiq o‘rnatish, fikrlashning aniqligini ta’minlash uchun zarur. Asoslash – eng muhim ketma-ketlikda bajariladigan tadqiqotchilik ishlaridan biri, biroq asoslash jarayonida hosil qilinuvchi matnlarning ulkan xilma-xilligi bilan bir qatorda, ularning mantiqiy tuzilishining umumiyligini, ya’ni ulardan har birida ikki elementni: “asos”ni (bu komponent faol, ishchan ibtido, tuzish, shakllantirish, o‘zgartirish vositasi vazifasini bajaradi) hamda “asoslangan ob’ekt”ni, ya’ni passiv, majhul ibtido sifatida xizmat qiladigan tuzish, shakllantirish, o‘zgartirish ob’ektini ajratish mumkinligini ta’kidlamaslik mumkin emas. Download 44.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling