Bajardi: Maxkamova Ruxsona
Download 44.48 Kb.
|
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1
1.6. Aqliy hujum usuli.
Aqliy hujum usuli – bu muammoni yangi echim variantlarini topish bo‘yicha yoki firmani yohud uning alohida bo‘linmalarini rivojlantirish muammolarini ifodalash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirish protsedurasi. Aqliy hujum usuli XX asrning 30-yillarida muammoli vaziyatlarda jamoaviy tarzda yechimlarni topish (g‘oyalarni ilgari surish) protsedurasi sifatida vujudga keldi va hozirgi vaqtda ilmiy va tadbirkorlik tuzilmalarida yangi mahsulotni ishlab 104 chiqishda, yangi boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini loyihalash va eskirganlarini takomillashtirishda, ya’ni aniq boshqaruv muammolari uchun maqsadga muvofiq echimlarni topishda keng qo‘llanadi. Usulning samaradorligi etarlicha yuqori. D.Djon son ma’lumotlariga ko‘ra olti kishidan tashkil topgan tadqiqotchilik guruhi yarim soat ichida Aqliy hujum usuli asosida 150 ga yaqin fikrlarni ilgari surishga qodir bo‘lib, oddiy usullardan foydalanuvchi shuncha miqdordagi mutaxassislardan bunday natija olib bo‘lmaydi. Aqliy hujum usuli ikki bosqichda o‘tkaziladi: g‘oyalarni ishlab chiqish bosqichi va ilgari surilgan g‘oyalarni amaliy tahlil qilish bosqichi. Har bir bosqich, uning samaradorligini belgilovchi vazifalari va mohiyatini aks ettiradigan aniq prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Birinchi bosqich – g‘oyalarni ishlab chiqish – quyidagi prinsiplarni nazarda tutadi: guruhlarni ilmiy tasavvur qilish va rivojlangan intuitsiya, aqidaparastlikka qarshi fikrlash, har xil bilimlilik qobiliyatlari bo‘yicha shakllantirish; har qanday tanqidni qat’iy taqiqlash, chunki guruhning barcha ishi fikrlarni tanqid qilish, tushuntirish, asoslashga emas, balki faqat izlab topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur; ilgari surilayotgan g‘oyalarni taqiqlash: faqat aytilgan g‘oyadan farqlanuvchi qo‘shimcha g‘oyalarni taklif etish mumkin; turli g‘oyalarni motivatsiyalash, bilim sohasi, tajriba boyligi, lavozim darajasi, yoshi, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash; fikrlarni ilgari surish vaqtining cheklanganligi, chunki fikrlarning “kutilmaganda esiga tushish” vaqtida aytilgani ma’qul. Aqliy hujum usulining ikkinchi bosqichi – tahlil bosqichi ham – quyidagi qator prinsiplarni nazarda tutadi: g‘oyalarni tahlil qilish va umumlashtirishning to‘liqligi: hech bir aytilgan fikr, dastlab qanchalik shubha bilan baholangan bo‘lmasin, amaliy tahlildan chetlashtirilmasligi kerak; tahliliy salohiyat: guruh muammoning mohiyati, muammoni echishga qaratilgan tadqiqot maqsadi va sohasini yaxshi tushunadigan tahlilchi mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak; g‘oyalarni baholash va tahlil qilishda mezonli aniqlik; g‘oyani va uni aniqlashtirishni qo‘shimcha ishlab chiqish; g‘oyalarni tahlil qilishdagi ijobiylik, ya’ni tahlilni istalgan ko‘rinishdagi ratsional ijobiy natijani qidirishga qaratilgan yo‘nalish bilan o‘tkazish. Download 44.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling