Bajardi: Maxkamova Ruxsona


SWOT-tahlili: mohiyati, qo‘llash sohalari, kamchiliklari


Download 44.48 Kb.
bet4/9
Sana27.10.2023
Hajmi44.48 Kb.
#1728405
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1

1.3.SWOT-tahlili: mohiyati, qo‘llash sohalari, kamchiliklari.
Katta mashhurlikka erishgan, ekspert usulining ma’lum ko‘rinishi – bu o‘ziga xos SWOT-tahlili usuli bo‘lib, u tarjima qilinganda kuchli va kuchsiz tomonlar, imkoniyatlar va tahdidlar ma’nosini beruvchi to‘rtta inglizcha so‘zning bosh harflaridan olingan. Ushbu tahlil metodologiyasi bo‘yicha tadqiqot predmetini ko‘rsatilgan to‘rt tarkibiy qism bo‘yicha tavsiflovchi omillarning taqsimlanishi, ushbu omilning tashqi yoki ichki omillar toifasiga mansubligini hisobga olgan holda bajariladi. Vaziyatli tahlilda ushbu usuldan universal usul sifatida foydalanish mumkin.
U ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi jarayonlarni tadqiq etishda samarali bo‘lib, ularga dinamiklik, boshqarishga moyillik, faoliyat yuritish ichki va tashqi omillarining qaramligi, rivojlanishning davriyligi xosdir. Natijada kuchli va kuchsiz tomonlar, imkoniyatlar va tahdidlarning o‘zaro nisbatining tasviri paydo bo‘ladi va u, rivojlanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun vaziyatni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bitta vaziyatda omillar yutuq, boshqasida – kamchilik hisoblanadi. Ba’zan ular o‘z ahamiyatliligi bo‘yicha beqiyos bo‘ladi. Ushbu holatlarni hisobga olish kerak. Aynan bir omilning o‘zini bir necha kvadrantlarda joylashtirish mumkin, agar uning o‘rnini aniq topib bo‘lmasa. Bu tadqiqotga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Axir usulning mohiyati, omillarni identifikatsiya qilishdan, ularni shunday joylashtirishdan iboratki, toki ularning majmuasi muammoni echish yo‘lini ko‘rsatib berishi kerak. Har bir kvadrantdagi omillar albatta bir xil vaznga ega bo‘lishi shart emas, lekin ular o‘zining to‘liq jamuljamligida taqdim etilgan bo‘lishi kerak. 96 To‘ldirilgan matritsa ishlarning haqiqiy ahvolini, muammo holatini va vaziyat xususiyatlarini ko‘rsatadi.
Bu SWOT-tahlilining birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqichda kuchli tomonlar va qulay imkoniyatlarni qiyosiy tahlil qilish, va bu kuchli tomonlardan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatishi zarur. Shu bilan birga, inqirozning ehtimollik darajasini aniqlash uchun kuchsiz tomonlarni ham mavjud xatarlar yuzasidan tahlil qilish zarur. Albatta, kuchli tomonlarni va mavjud xavf-xatarlarni taqqoslash foydali.
Axir kuchli tomonlardan nafaqat rivojlanish maqsadlarida, balki xavf-xatarlarni bartaraf qilish uchun ham foydalanish mumkin. Boshqaruv tizimlari tadqiqotida samaradorlik, xodimlar, uslub, funksiyalar taqsimoti, boshqaruv tizimi tuzilishi, boshqaruv mexanizmi, motivatsiyalash, kasbiy mahorat, axborot ta’minoti, kommunikatsiya va tashkiliy xulq va boshqalar SWOT-tahlili predmeti bo‘lishi mumkin. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ekspertlar yoki ichki maslahatchilar xizmatlaridan foydalanish ushbu usul samaradorligini oshirish imkonini beradi.
SWOT-tahlili usulining ko‘plab ko‘rinishlari, masalan, maqsadlarni ishlab chiqish va tahlil qilish usuli mavjud. SWOT-tahlili usulining universalligi, undan vaziyatlar bilan ishlashda nafaqat boshqaruv instrumenti sifatida, balki vaziyatni yozishda dastlabki tuzilma hosil qiluvchi omil sifatida ham foydalanishga imkon beradi. SWOT-tahlildan ko‘pincha strategik rejalashtirishda foydalaniladi. Kompaniyaning istalgan hatti-harakati undan boshlanishi mumkin. Masalan, yangi tashabbuslarni tadqiq etish, yangi rivojlanish strategiyalari, ehtimoliy o‘zgarishlar kabilarni aytish mumkin. Bunday tahlil – biznes olib borish strategiyasini yaxshilashning a’lo usulidir. Ichki omillar: S (kuchli tomonlar) va W (kuchsiz tomonlar) qisqartmalarda ifodalangan dastlabki ikkita harf ichki omillarga kiradi va siz ularni oson baholashingiz mumkin.
Sohalarga misol sifatida keltirayotganlarimiz odatda, quyidagilarni hisobga oladi:  moliyaviy resurslar. Bu moliyalashtirish, daromad olish imkoniyati;
 moddiy resurslar. Bu sizga tegishli asbob-uskunalar, binolar, turgan joy;
 inson resurslari. Xodimlar, ba’zan ko‘ngillilar, maqsadli auditoriya;
 tabiiy resurslarga erishish imkoniyati, mualliflik huquqlari, patentlar;
 joriy jarayonlar. Bunga kompaniyada ro‘y berayotgan barcha narsalar, barcha motivatsiya dasturlari, o‘qitish dasturlari, bo‘limlar ierarxiyasi tizimi va hokazolar.
Kompaniyalar, ichki omillar ob’ektiv baholanmagunga qadar, tashqi omillarni nazorat qila olmaydi va baholay olmaydi deb sanaladi. O‘z biznesingizni kuchli tomonlarini topish uchun quyidagi savollarga javob bering:
1. Sizning biznesingiz qanday ustunliklarga ega?
2. Siz nimani boshqalarga qaraganda yaxshiroq bajarasiz?
3. Mijozlaringiz sizning qaysi kuchli tomonlaringizni ko‘rishadi?
4. Sizda qanday noyob savdo taklifi mavjud?
5. O‘z foydangizni qanday ko‘paytira olasiz?
O‘z kuchli tomonlaringizni, ham ichki nuqtai nazardan, ham mijozlaringizning nuqtai nazardan ko‘rib chiqing. O‘z kuchli tomonlaringizni raqobatchilarga nisbatan baholang. Masalan, agar barcha raqobatchilaringiz yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, “yuqori sifat” – bu kuchli tomon emas, balki zaruratdir. Kamchiliklar:
1. Nimani yaxshilay olasiz?
2. Nimadan chetlashganingiz ma’qul?
3. Mijozlaringiz qaysi kuchsiz tomonlaringizni ko‘rishadi?
4. Qaysi omillar foydangizni kamaytiradi?
5. Raqobatchilaringiz nimani sizdan ko‘ra yaxshiroq bajaradilar?

Download 44.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling