Bajardi: Nurmamatov Tohirjon Tekishirdi: Suvonova. D


Download 0.7 Mb.
bet2/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1032887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nurmamatov tohirjon

Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yefrat daryosigacha bo’lgan hududlarni abadiy mulk qilib bergan. Shuningdek, ularga boshqa xalqlar vakillari bilan tuziladigan nikohni man etgan. Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o’g’li Ishoqqa qolgan.Ishoqning egizak-Isav va Ya’qub nomli o’g’illari bo’lgan. Bu ikki o’g’il otalarining merosi xususida o’zaro dushmanga aylanganlar. Natijada, nohaq Ya’qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoilning oldiga borgan va uning qiziga uylangan.Ya’qubning 12 nafar farzandi bo’lgan Bu 12 farzand ichida Ya’qub uchun eng suyuklisi Yusuf bo’lgan. Shuning uchun ham boshqa aka-ukalari uni yomon ko’rganlar va kunlardan bir kuni uni savdogarlarga sotib yuborishadi. Otasiga esa uni yirtqich hayvonlar yeb qo’ydi, deb aytganlar. Savdogarlar Yusufni Misrda bir podsho saroyiga sotib yuborganlar. Oxir-oqibatda, taqdir taqozosi bilan Yusuf Misrda Fir’avnning ishonchli odamiga aylangan. Bunga uning tush ta’biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab bo’lgan.Oradan yillar o’tgach, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ular non izlab Misrga borganlar. Misr Fir’avni Yusufning bashoratiga amal qilib, 7 yilga yetadigan g’allani g’amlab qo’ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib qolganlar.Oradan 50 yil o’tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning o’rnini bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir’avnlar chet elliklarning ko’payib borishidan ham qo’rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta’qib ostiga olingan, hatto yangi tug’ilgan chaqaloqlarigacha o’ldirila boshlangan.Yahudiylar butunlay qirilib ketish havfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi yahudiylar uchun ikki yo’l qolgan: yo qul bo’lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan qutulish choralarini ko’rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar. Biroq, ular o’z kuchlari bilan asirlikdan ozod bo’la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga xaloskor yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahve (Allohning Tavrot kitobidagi ismi) yordamida Misrdan olib chiqib ketgan. Yahve Musoga Sino tog’ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So’ng unga yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.Muso Yahvening so’zi-muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya boshlagan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling