Bajardi: Nurmamatov Tohirjon Tekishirdi: Suvonova. D
Download 0.7 Mb.
|
Nurmamatov tohirjon
Vedalar dini miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston aholisi ko’pchiligi e’tiqod qilgan din bo’lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib tasavvur etilgan: Agni-olov xudosi, Indra-atmosfera, yomg’ir va momoqaldiroq xudosi, Sur’ya-quyosh, Varuna(D’yaus) - osmon, Soma - oy hamda kayf qildiradigan ichimliklar xudosi, Britra-qurg’oqchilik xudosi. Bulardan tashqari ularning Mitra, Adita, Vishnu, Krishna va h.k. kabi xudolari bor.Ijtimoiy tengsizliklar kuchayganidan keyin, xudolarning vazifasi va ahamiyatlari ham o’zgardi, chunonchi: Indra urush xudosiga, Varuna oliy hakam va adolat posboniga aylandi. Keyinchalik Indra xudolar podshohiga va Yerdagi xudolar homiysiga aylangan. Bu dinda xudolarga qurbonlik qilish, sig’inish asosiy ibodat hisoblanib, xudolarga ovqat, hayvonlar, maxsus ichimliklar (soma) ehson qilish va boshqa rasm-rusmlarni bajarishdan iborat bo’lgan. Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo’lmagan. Keyinchalik kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqdi. Ruh, narigi dunyo ruhlari, xudolari orasidan joy oldi va ular bilan birga Yerdagi insonlardan qurbonliklar qabul qiladigan bo’ldi. Gunohkorning ruhi esa duzahga(naraka)ga tushadi, ularga Yama xudosi jazo belgilaydi.Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik Xudo tomonidan abadiy o’rnatilgan tartibdir deb e’tirof etiladi.Vedalar dinidan keyinchalik brahmanlik dini kelib chiqdi.Vedalar (Sanskritcha) “muqaddas bilim” degan ma’noni bildiradi. Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi “Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan.Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling