Bajardi: Nurmamatov Tohirjon Tekishirdi: Suvonova. D


Download 0.7 Mb.
bet3/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1032887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nurmamatov tohirjon

Muso Yahvening so’zi-muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya boshlagan. Shu tariqa Yahve yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta’lim beradi, yahudiy ruhoniylari).Bu dinning ham o’z muqaddas kitoblari mavjud. Bular “Bibliya” (Qadimgi Ahd qismi) va “Talmud” (“O’rganish”) kitoblaridir.“Bibliya” ikki qismdan-“Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat. Bibliyaning “Yangi Ahd” qismi-xristianlik dinining kitobi hisoblanadi. “Bibliya”ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi “Qadimgi Ahd” deb ataladi. “Qadimgi Ahd” (Ahd so’zi-xudo bilan ahdlashuv,kelishuv degan ma’nolarni anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi “Musoning besh kitobi” deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi: 1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5)Ikkinchi qonun.“Borliq” kitobi (Ibtido)-bu, olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilgani; jannat. Unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko’payishi va qadimgi tarixi, butun dunyo suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug’ boshliqlari (Ibrohim, Ishoq, Ya’qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga ko’chib borishi haqidagi kitobdir.“Chiqish” kitobi-yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 vasiyati haqidagi kitob.“Loviy”-oilaviy hayot haqidagi kitob. “Sonlar” kitobi-qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo’lgan tarixiga bag’ishlangan.“Ikkinchi qonun”-bu, diniy qonunlar kitobidir. Bu besh kitob bitta nom bilan-“Tora”(Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik diniy ta’limotining asosi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd”ning ikkinchi va uchinchi qismlari “Payg’ambarlar” va “Yozuvlar” nomi bilan ma’lum. Yahudiylikning ikkinchi kitobi “Talmud”dir(“O’rganish”).Talmudning yozilishiga nima sabab bo’lgan?Ma’lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi hududida yangi din-xristian dini zo’r kuch bilan yoyila boshlagan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling