Bajardi: Nurmamatov Tohirjon Tekishirdi: Suvonova. D


Download 0.7 Mb.
bet7/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1032887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nurmamatov tohirjon

Konfutsiychilik belgilangan diniy tartiblarga qattiq amal qilishni talab etadi. Konfutsiyning o’zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan.Endilikda, har bir oilaning o’z ibodatxonasi bo’lishi zarur bo’ldi. Har bir oila o’z ibodatxonasiga ajdodlarining timsoli bo’lgan “Chju” tasvirini qo’yadi va diniy marosimlarni ijro etadi.Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o’rin egallaydi. Shu ma’noda Konfusiy ta’limotini inson hatti-harakati, hayoti me’yorlari haqidagi ta’limot deyish ham mumkin. Insonlar o’rtasidagi hayot tarzi an’anaviy besh munosabatdan iboratligi qayd etilgan: -davlat boshlig’i bilan amaldorlar o’rtasidagi munosabat;-ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabat;-er bilan xotin o’rtasidagi munosabat;-katta va kichik aka-ukalar o’rtasidagi munosabat;-do’st-birodarlar o’rtasidagi munosabat;Bu ta’limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yo’q. Birgina misol keltiramiz:O’g’il ota-onasi oldida quyidagi beshta vazifani bajarishi shart edi:Har doim ota-onani to’la hurmat qilish;Ularga eng suyukli taomni keltirishUlar betob bo’lib qolganlarida chuqur qayg’urish;Ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish;Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish.Konftusiychilikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni konfutsiychilikka qadar mavjud bo’lgan an’analarni, urug’-qabilaviy marosimlarni mustahkamlash, qonunlashtirishni tashkil etardi. Chunki Konfutsiy o’zining hech qanday yangi ta’limot yaratmaganligini tan olib, faqat eski marosimlarga, tartib-qoidalarga qattiq rioya etishni talab qilardi. Bu o’rinda uning quyidagi so’zlarini keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik: “Qadimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar edi, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo’q qilinishi, unda er-xotinlik bo’lmaydi, bu bilan bog’liq katta-katta jinoyatlarga yo’l ochiladi yoki dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo’q qilingchi, unda bolalar vafot etgan ota-onalari to’g’risida o’ylamay, tiriklarga esa xizmat qilmay qo’yadilar; Pin-Szin marosimini yo’q qilingchi-unda podshoh bilan amaldor o’rtasidagi farq yo’q bo’lib ketadi, kichik-kichik knyazchalar o’zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada ta’qib etish va zo’ravonlik boshlanadi”.

E`tiboringiz uchun raxmat !!!


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling