Bajardi: odilova o


Download 391.06 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi391.06 Kb.
#1581586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishi

III. XULOSA


“Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi.
XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan sifatida ham namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi (1911) va Bor (1913) tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va Lyuis kimyoviy bog`ning electron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar. Keyinchalik atom tuzilishidagi kata kashfiyotlarga asoslanib, kvant mexanikasi va statistic fizikaning nazariy usullarini hamda rentgen, spektroskopiya, mass-spektrometriya, magnit usullari kabi tajribaviy usullarga asoslanib, molekula va kristallarning tuzilishini o`rganish va kimyoviy bog` tabiatini tushuntirishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega hamda kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir.
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi.
Ionlar zaryadlangan zarralardir. Kationlar va anionlar kabi ikkita asosiy shakl mavjud. Biroq, bu ikkala ion ham elektrolitning o'tkazuvchanligiga hissa qo'shishi mumkin. Qisqacha aytganda, ion harakatchanligi va ion tezligi bu kimyoviy tushunchalar bo'lib, bu ionlarning vosita orqali harakatlanishini tavsiflaydi. Ion harakatchanligi va ion tezligi o'rtasidagi asosiy farq shundaki, ionlarning harakatchanligi ionlarning o'rta muhitga o'tish qobiliyatini belgilaydi, ion tezligi esa ionlarning vosita orqali qanchalik tez harakatlanishini belgilaydi.


Download 391.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling