Bajardi: Rahimova M. B qabul qildi: Movlanov. A


Download 4.93 Mb.
Sana08.11.2023
Hajmi4.93 Mb.
#1756870
Bog'liq
noyob metallar mus.ish tayyor

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali. ,,Noyob metallar metallurgiyasi” fanidan

Bajardi: Rahimova M.B

Qabul qildi:Movlanov.A


Mustaqil ish

Mavzu:Titan metallarining fizikaviy,kimyoviy xossalari va titan ishlab chiqarish texnologiyasi.

Reja:

1.Kirish

2.Asosiy qism:

2.1.Titanning fizik-kimyoviy xossalari.

2.2.Ishlatilish sohalari.

2.3.Ishlab chiqarish texnologiyasi.

3.Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar.

Titan tabiatda juda ko'p uchraydi, u yer po'stlog'ining 0,61 foizini tashkil etadi. Uning eng muhim minerallari ilmenit va rutildir. Titan hayvon va o'simliklar organizmi uchun muhim mikroelementdir.


Titan 1791- yilda topilgan. Uning 5 ta barqaror izotopi bor, sun'iy yol bilan bir qator radioaktiv izotoplari olingan. Titan titanomagnetitlar deb ataladigan minerallar tarkibiga kiradi.

Titan kul rang tusli, yaxshi yassilanuvchi metall bo'lib, uning solishtirma g'irligi 4,5 ga teng; Te= 1660 C,Tq=3227 C. Kukun holidagi titan to'q kul rang bo'ladi hamda vodorod, kislorod va azot kabi gazlarni yaxshi adsorbsiyalaydi. Titan odatdagi darajada havoda barqaror, lekin qizdirilganda havoning kislorodi bilan ham, azoti bilan ham birikadi. Titan odatdagi haroratda suvga chidaydi, qizdirilganda esa suvdan vodorodni siqib chiqaradi.

.

.


Titanning fizik-kimyoviy xossalari.

Yuqori haroratda galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va fosfor bilan oson birikadi.Titan suyultirilgan HCl da, isitilganda erib, TiCl3 hosil qiladi. 2 va 3 valentli titan birikmalari nihoyatda beqaror va kuchli qaytaruvchidir, ya'ni tez oksidlanib, 4 valentli holga o'tadi.Titan kislorod oqimida qizdirilsa, titan (IV)-oksid TiO2 hosil bo'ladi. TiO2 oq tusli modda bo'lib, qizdirilganda sarg'ayadi; suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, konsentrlangan H2SO4 da eriydi. TiO2 nihoyatda o'tga chidamlidir.


Titan temirga qaraganda ancha pishiq, yengil hamda korroziyaga chidamli bo'lganligi uchun keyingi vaqtlarda metallurgiya sanoatida uning ahamiyati ortib bormoqda.Samolyotlar, kemalar, raketalar uchun titan qotishmalari ishlatiladi.Masalan, l kg samolyot dvigateli og'irligini 8 - 10 marta kamaytiradi.Rangli metallarning qotishmasida ham 6—11% Ii Ti bo'ladi. Ko'proq titan mis qotishmasi uchraydi. Alyuminiyli bronzaning mustahkamligini oshirish uchun bronzaga 0,5 dan 1,55% gacha Ti qo'shiladi.
Ishlatilish sohalari.
Titanning ko'pgina boshqa qotishmalari, masalan, ferrotitan mustahkam qotishma bo'lib, po'latlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Titan po'latning mustahkamlik va korroziyaga chidamlilik kabi mexanik xossalarini oshirib, sifatini yaxshilaydi. Po'latga titan qo'shishning yana bir ahamiyati bor.
Po'lat quyilganda,
undagi kislorod va azotni titan oson biriktirib oladi, shuning uchun po'lat zich va mustahkam bo'lib qotadi. Titan oksidi titan va uning birikmalari olinadigan asosiy moddadir. TiO2 moyli oq bo'yoqlar, qiyin suyuqlanuvchi va issiqqa chidamli shishalar, ko'zguga surtiladigan sir bo'yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Titan ishlab chiqarish texnologiyasi.


Yer qobig'ida titan TiO2 yoki titan kislotasi — titanlar holida uchraydi. 70 ga
yaqin titan minerallari bo'lib, ulardan rutil, ilminit, perovskit va sfen — ishlab
chiqarish minerallari hisoblanadi. Bu 3 ta minerallardan rutil ko'proq sanoat
xomashyosi hisoblanadi. Rutil olmos kabi yaltiroq, tiniq, ko'proq qizil-jigarrang,
ayrim hollarda sarg'ishroq, ko'kishroq, siyohrang va qora rangli bo'ladi. Rutil minerali tarkibida TiO290 - 95% ni tashkil etadi.
Ilminit boyitmalaridan TiCl4 yoki TiO2 olish.
Titan boyitmalarini qayta ishlash mahsulotlari.
Titan boyitmalarini qayta ishlab, 3 xil asosiy mahsulotlar hosil qilinadi.
1.TiCl4 - Ti olish uchun asosiy kimyoviy birikmadir. TiCl4 ni olish uchun
xloridlar yuqori tozalikda bo'lishi kerak. Bu moddalar olingandan so'ng, albatta,tozalanadi. Tozalangan TiCl 4- tiniq, sariq suyuqlikdir.
2.TiO2 - Titan (II) oksidining pigment navlarida (oq titan) 94 - 98% TiO2 va qisman chiqindilar qo'shilgan bo'lishi mumkin, ular ma'lum bir fizik-kimyoviy xususiyat beradi. Pigmentning ayrimlariga anatazan qo'shiladi.
3.Ferrotitan - bu modda elektr pechlari yordamida ilminit boyitmalari
tarkibidan alyuminotermik usul bilan olinadi. Bulardan tashqari ularning
qotishmasida tarkibi 25 - 30% Ti, 5 - 8% Al, 3 - 4,65% SiO2 bo'lib, qolganing temir tashkil qiladi.

Xulosa Titan kul rang tusli, yaxshi yassilanuvchi metalldir. Titan odatdagi haroratda suvga chidaydi, qizdirilganda esa suvdan vodorodni siqib chiqaradi. Yuqori haroratda galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va fosfor bilan oson birikadi. TiO2 titan va uning birikmalari olinadigan asosiy moddadir. TiO2 moyli oq bo'yoqlar, qiyin suyuqlanuvchi va issiqqa chidamli shishalar, ko'zguga surtiladigan sir bo'yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Titanning bir qancha oksidlari bo'lib, ular tabiatda 3 xil minerallar: rutil, anagaza va brukita holida, allotropik ko'rinishda uchraydi. Titan titanomagnetitlar deb ataladigan minerallar tarkibiga kiradi. Titan TiO2 dan Mg bilan, TiCl4 dan Na bilan qaytarish orqali va elektroliz usuli bilan olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.S.R. Xudoyarov, A.A.Yusupxodjaev, X.R.Valiev, D.E. Aribjonova. ,,Rangli va qora metallarni ishlab chiqarish’’.

2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Oʻzbekiston_milliy_ensiklopediyasi.


Download 4.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling