Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023


Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana07.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1339195
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )

Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae 
Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko'p yillik o't o'simliklar kiradi. Ko'pchilik 
turlari o'tkir hidli. Barglari yassi, tasmasimon yoki naychasimon. ildiz bo'g'zidan 
chiqadi. Gulpoyasi bargsiz, shoxlanmagan, uchida pardasimon ikkita gul 
byonbargchasining qo'shilishidan hosil bo'lgan qin bilan o'ralgan soyabonsimon 
to'pgul joylashgan. Gulqo'rg'on bargchalari qo'shilmagan yoki asosi biroz 
qo'shilgan bo'ladi. Gulqo'rg'on bargchalari va changchilari 6 tadan, urug'chisi 1 ta, 
tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul formulasi: P3 f3 A3,3 G(3). Mevasi — ko'sakcha. 
Ko'pchilik turlarining to'pgullarida piyozchalar hosil bo'ladi. 
Bu oilaga 32 ta turkum va 750 taga yaqin turlar kiradi. Ikkala yarimsharda 
ham keng tarqalgan, lekin tropik hududlarda, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 
uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy yarimsharda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va 
O'zbekistonda faqat bitta piyoz (Allium) turkumi uchraydi. O'rta Osiyoda uning 
191 ta, O'zbekistonda 100 dan ortiq turi o'sadi. Bu turkum vakillari inson hayotida 
juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga juda boy, qimmatbaho dorivor va 
vilaminli sabzavot o'simliklar hisoblanadi. 
Piyoz – loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va ko‘p yillik o‘tsimon 
o‘simliklar turkumiga kiruvchi sabzavot va manzarali ekin. Shimoliy yarimsharda 


25 
500 ga yaqin turi ma’lum. Eng ko‘p turlari O‘rta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, 
kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharqda uchraydi. 
2.2.2-rasm. Piyoz-Allium. 
O‘zbekistonda piyozning doira piyoz (qirqbarg piyoz), piskom piyoz (tog‘ 
piyoz), ko‘rimsiz piyoz, g‘adir-budur piyoz, havorang piyoz (gulpiyoz), yovvoyi 
sarimsoqpiyoz, sarimsoqpiyoz (sarimsoq), shubert piyozi (cho‘chqa piyoz), 
qoratov piyozi (cho‘chqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon piyozi, 
Sever-sov piyozi kabi 15 yovvoyi turi o‘sadi. Asosan, 6 turi – osh piyoz (vatani 
O‘rta Osiyo va Afg‘oniston), batun piyozi (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey 
piyozi (vatani O‘rta dengiz bo‘ylari) va boshqalar ekib yetishtiriladi. 
Eng ko‘p tarqalgan turi osh piyoz bo‘lib, tuproq unumdorligiga g‘oyat 
talabchan, sovuqqa chidamli va o‘ta namsevar sabzavot ekini. O‘rta Osiyodan 


26 
tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya, Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada ko‘p 
ekiladi. O‘zbekistonda 2 yillik, ayrim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. Piyoz 
boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling