Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023


  belgilari hammasidan muhimdir degan qoidani nazariy jihatdan asoslab berishga  urinib ko‘rdi.  Sezolpin


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana07.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1339195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )


belgilari hammasidan muhimdir degan qoidani nazariy jihatdan asoslab berishga 
urinib ko‘rdi. 
Sezolpin “O‘simlik haqida” asarida o‘simliklar olamini avvalo ikki 
qismga: 1) Daraxtlar va butalar; 2) Yarim butalar hamda o‘tlarga ajratdi va 
keyinroq ularning meva tuzilishi, meva uyalarining va urug‘larining soniga qarab 
15 sinfga bo‘ldi, keyinchalik gul tuzilishiga qarab yanada kichikroq guruhlarni
ham ajratdi. Shunday bo‘lsa ham, hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaraganda 
juda nomukammal bo‘lgan Sezolpin sistemasi sistematika fanining 
rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.
XV asrga kelib, asarlar bilan bir qatorda botanika bog‘lari ham barpo qilina 
boshlangan. Dastlab Universitetlarda dorivor o‘simliklar bog‘i tashkil etilgan. 
Bunday botanika bog‘lari Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Angliya, 
Rossiyada tashkil etildi. 
Pyotr I ning farmoni bilan Moskvada 1706-yilda dorivor o‘simliklar 
kolleksiyasi tashkil qilinadi. 1805-yilga kelib, u Botanika bog‘iga aylantiriladi. 
O‘zFA Botanika bog‘i 1921-yilda barpo qilingan. 
XVI -XVIII asrlarda o‘simliklarning yangi sistemalarini yaratgan bir qancha 
botaniklarning ishlari XVIII asrning yarmida shved tabiatshunosi K.Linneyning 
(1707-1778) asarlarida ma’lum darajada poyoniga etgan. K.Linney o‘simliklarni 
Teofrast taklif etgan va Sezolpin quvvatlaganidek, daraxt, buta va o‘tlarga 
bo‘lishdan voz kechgan. U asosiy sistematik belgi o‘rnida ko‘payish organini 
“O‘simlik turlararo” kitobida tanlagan. Lekin Sezolpin singari mevani emas,balki 
gulni,aniqroq qilib aytganda, changchilar (androtsey)ning tizimini tanlab olgan. U 
barcha o‘simliklarni guliga qarab, 24 ta sinfga bo‘ladi, sinflarni esa 116 ta 
qabilaga va 1000ta turkumga bo‘lgan. Linney sistemasi amaliy jihatdan qulay 
bo‘lib chiqdi. U birinchi bo‘lib hamma joyda har bir o‘simlik nomini ikki so‘z 
bilan atadi, ya’ni Binar nomenklatura joriy qildi. O‘simlik qo‘sh nom bilan 
ataldi. Bunda birinchi so‘z bilan o‘simlikning qaysi turkumga mansubligini 
ko‘rsatilsa, ikkinchi so‘z bilan odatda mazkur turga xos mahsus belgi ko‘rsatib 



beriladigan bo‘ldi. Lekin tur va avlod tushunchalar yangi tushuncha emas edi. 
Tur haqidagi ta’limotning asoschisi D.Rey turni bir biriga o‘xshagan turlar 
birlashtirilib, avlod deyiladigan bo‘ldi. Linney tadbiq etgan binar nomenklatura 
va o‘simliklarni tasvirlash usuli juda ham qulay bo‘lib chiqdi, shunga ko‘ra 
botaniklar va zoologlar hozirgi kunga qadar ulardan foydalanib keladi. Lekin 
Linney sistemasining ham muhim kamchiligi bor edi. Masalan, g‘alla 
o‘simliklarining ko‘pchiligi har xil sinflarga kiritilgan edi. 6 sinfga kiritilgan 
karam, sholi, piyoz qabilalari sun’iy ravishda birlashtirilgan edi, bu katta xato 
edi. Linney tabiiy sistema tuzish niyatida urinib ko‘rdi va o‘simliklarni 67 ta 
tabiiy qabilaga (tartibga) bo‘ldi, biroq bu qabilalar turli - tuman o‘simliklarning
hammasini o‘z ichiga ololmagan. Lekin Linney o‘zining tabiiy sistemasini 
tushuntirib bera olmagan. Buni o‘zi ham tan oladi. “Men o‘zimning tabiiy 
qabilalarimni asoslab bera olmayman,ammo mendan keyin keladiganlar bunga 
asos topadi va mening haq bo‘lganligimni anglaydi” degan so‘zlarni yozib 
qoldiradi. Sun’iy sistema (tizim) tanqidga uchragandan keyin, olimlar oldida 
yangi tizimni tuzish zaruriyati tug‘ildi. 
Tabiiy 
klassifikatsiya 
to‘g‘risidagi 
tushunchalarni 
kengaytirishda 
A.Jyussening “O‘simliklarning turkumlari” (1789-y) degan asari muhim bosqich 
bo‘ldi. Jyussening tabiiy sistemasi ilmiy sistematikaning asl mazmuniga muhim 
o‘zgarish kiritdi. U tabiiy tizimning asoschisi hisoblanadi. U “O‘simliklar 
turkumlari” asarida o‘simlik dunyosini 3 ta qatorga ajratadi: 
1. Urug‘pallasizlar 
2. Bir urug‘pallalilar 
3. Ikki urug‘pallalilar 
Evolyusiya nazariyasini birinchi bo‘lib yaratgan Lamark (1744-1829-y) ijodi 
tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida juda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy 
tizimni takomillashtirishda J.B.Lamark o‘zining katta hissasini qo‘shdi. 
Mashhur nemis botanigi A. Engler (1844-1930-y) butun dunyo tan olgan 
filogenetik tizimni ishlab chiqqan. Engler tizimida barcha o‘simliklar dunyosi 17 


10 
ta bo‘limga ajratiladi. Shundan 13 bo‘limi tuban o‘simliklarga tegishli bo‘lib, 14-
bo‘limi yo‘sinlarni o‘z ichiga oladi, 15-bo‘lim psilofitlar, psilotlar, plaunlar, 
qirqbo‘g‘im va qirqquloqlarga, 16-bo‘lim ochiq urug‘lilarga, 17-bo‘lim esa yopiq 
urug‘lilarga bag‘ishlangan. Filogenetik tizimlardan yana biri Daniyalik botanik 
E.Varming va Avstraliyalik botanik R.Vettshteynlarnikidir. R.Vettshteyn o‘z 
tizimida o‘simliklar dunyosini 9 ta bo‘limga ajratadi. Undan 8 tasi tuban 
o‘simliklarga oid bo‘lib, 9-bo‘lim yuksak o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. 
Rossiyada o‘simliklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865-y) katta
hissa qo‘shadi. U 1864-yilda “Tabiat tizimining o‘ziga xos qirralari” nomli 
kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishda borishini va 
tuban o‘simliklardan yuksak o‘simliklar kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. U 
o‘simliklar dunyosini 12 ta sinf, 48 qabila va 187 ta oilaga bo‘ladi. 
Filogenetik sistemani tuzishda M.Gorajanin, N.Kuznetsov (1914), X.Gallir 
(1912), A.Vaga, D.Zerov, Ch.Bessi (1995), D.J.Xatchinson va N.Bushlarning 
xizmatlari benihoya kattadir. Ulardan tashqari A.L.Taxtadjyan, A.Krankvist va 
V.Simmerman (1966) hamkorlikda yuksak o‘simliklarni 8 ta bo‘limga 
ajratadi.O`zbeksitonda Botanika instituti va Botanika bog’i xodimlari tomonidan 
qator monografiya, to’plam va risolalar nashr etildi. 
Oliy o’quv yurtlari (universitet va ped. institutlari) uchun «O’simliklar 
sistematikasidan yozilgan 2 tomlik o’quv qo’llanma professor S.S.Saxobiddinov 
qalamiga mansub bo’lib, uning 1957, 1976 y. nashr etilgan birinchi tomi sporali 
va ochiq urugli o’simliklarga, ikkinchi tomi (1966 y.) esa yuksak o’simliklarga 
bagishlangan. 
L.Y.Kursanov va b. yozgan kitobning ikkinchi tomidagi «Yuksak 
o’simliklar sistematikasi» ga juda yaqin turadi 
Gоfmеystrning g’оyalarini Rоssiyada birinchi bo’lib Pеtеrburg 
dоrylfununining prоfеssоri Andrеy Sеrgееvich Fоmintsin (835—1918)davоm 
ettirdi. U yopiq urug’li o’simliklar murtagining dastlabki taraqqiyotini o’rganadi. 
Оsip Vasilеvich Baranеtsskiy (1843—1905) bilan hamkоrlikda lishayniklar 


11 
gоnidiyalari ustida tеkshirishlar оlib bоradi. Uning shu tеkshirishlari lishayniklar 
zamburug’lar va suvo’tidan ibоrat ekapligini aniqladi. О. V. Baranеtsskiy 
o’simliklar anatоmiyasi va fiziоlоgiyasiga оid ancha ishlar qildi. 
Rоssiyada taqqоslash mоrfоlоgik ta’limini rivоjlantirishda Mоskva 
dоrilfununining prоfеssоri bоtanik оlim Ivan Nikоlaеvich Gоrоjankin (1848—
1904)ning хizmatlari salmоqlidir. 1883- yilda qarag’ay daraхtining urug’lanishi 
misоlida ninabarglilardagi jinsiy jarayonni aniqladi. Bu ish arхеgоniat o’simliklar 
to’g’risidagi tushunchani aniqlashga imkоn yaratdi. 
I.N. Gоrоjankin yashil suvo’tlari vоlvоkslar hayotiy davridagi jinsiy 
jarayon evolutsiyasini izоgamiyadan gеtеrоgamiyaga, gеtеrоgamiyadan 
ооgamiyaga astasеkin o’tishini aniqlagan. 
I.N. Gоrоjankinning shоgirdi V.I. Bеlyaеv (1890) spоrali o’simliklarda 
erkak gamеtоfitning taraqqiyoti va tuzilishini mоrfоlоgik taqqоslash (sоlishtirma) 
usuli asоsida o’rgandi. Shuningdеk ninabarglilarda chang naychasining taraqqiyoti 
va tuzilishini tеkshirdi. U ko’pgina kuzatishlardan so’ng spеrmatоzоid yadrо va 
prоtоplazmadan ibоrat ekanini aniqladi. Bu sоhadagi ishlari bilan Bеlyaеv butun 
dunyoga tanildi. 
Jеlеznоv N.I. (1816—1877) gulning оntоgеnеzini o’rganib fanda birinchi 
bo’lib o’simliklarning paydо bo’lish nazariyasi to’g’risida ilmiy asar yozgan. 
ХVIII asrning охirida mоrfоlоgiyada ekspеrimеntal tajriba asоsida 
o’simliklarda hоsil bo’ladigan ma’lum shakl hamda tuzilishlarning sababini, yangi 
paydо bo’lgan bеlgilarning irsiy emasligini aniqlash imkоni yaratil 
di. Ekspеrimеntal usuldan fоydalanib, o’simliklarda murtak«ing hоsil bo’lishi va 
taraqqiy etishi, urug’lanish kabi masalalar ham еchildi. Bu sоhada Kiеv 
dоrilfununining prоfеssоri Sеrgеy Gavrilоvich Navashin (1857-1930)ning 
хizmatlari salmоklidir. Navashin 1889 yilda o’zining muhim kashfiyotini e’lоn 
qildi. U yopiq urug’li o’simliklarda qo’sh urug’lanishning mavjudligini isbоtladi.
Yopiq uruglilar filogenetik bir kancha davrlarni rivojlanish bosib utgan. XIX 
asrning ikkinchi yarmidan beri yopik urugli usimliklarning daslabki klassik 


12 
filogenetik sistemasi xisoblanadi. Bu yagona zamonaviy sistema bulib, unda 
turkumlar va kenja turkumlargacha ba’zan esa turlargacha bulingan taksonlar 
ishlab chikilgan. 
Boshqa olimlarning sistemalari faqat tartiblar va oilalargacha ishlab 
chikilgan. 
A.Engler 
sistemasi 
ko`p 
tomondan 
eskirganligiga 
karamay, 
kulayligiuchun undan xozirgi kunda xam foydalaniladi. Bu sistema gul paydo 
bo`lishining 
psevdant 
nazariyasiga 
asoslangan. 
Avstraliyalik 
botanik 
R.Vetgshteyning (1901) sistemasi Engler sistemasiga yaqin. Bu sistema 1935- 
yilda e’lon kilindi. Chet elda 4. Bessi (AQSH), G,Gallyar (Gollandiya), 
I.Xachinson (Angliya), V.Simmerman (Germaniya) va boshkalar ishlab chiqqan 
yopiq uruglilarning filogenetik sistemasi keng tarkalgan. Shunday qilib Engler 
sistemasida ikki pallalilar 44 kabila 268 oilaga, bir pallalilar 11 kabilaga 15 oilaga 
bulinadi, Xachinson sistemasida ikki pallalilar 76 qabila bilan 264 oilaga bir 
pallalilar esa 29 kabila bilan 68 oilaga, bulingan. Mazkur bo`limni L.L. Taxtadjyan 
38 ta kabilaga ajratgan. Shulardan eng muhimlariga to`xtalib o`taman. 
Dastlabki yopiq uruglilar 180 mln yil ilgari yura davrining boshlarida balki, 
trias davrining oxirida vujudga kelgan. Lekin bu davrda yopiq uruglilar yer 
sharining ko`pchilik qismini shiddat bilan egallay boshlaydi. A.L.Taxtadjyanning 
fikricha yopik uruglilar birinchi marta tog mintakasida paydo bo`lgan. 
Olimlarning fikricha yopiq uruglilar birinchi marta yer sharining arktika 
qismidan tarqalgan. Lekin keyingi yillarda olib borilgan tekshirishlar yopiq 
uruglilar birinchi marta tropik va subtropik hududlarda paydo bo`lgan va yerlardan 
butun dunyoga tarkalganligini ko`rsatdi. 
Gul va daslabki yopiq urug`lilarning kelib chiqishi haqida uchta nazariya 
mavjud. Shulardan ancha eskirogi psevdant nazariyasi (ya’ni soxta gul nazariyasi) 
bo`lib, asrimizning boshlarida Avstyaralik botanik Rixard Vetshteyn tomonidan 
bayon qilingan. Bu nazariyaga ko`ra yopiq urug`lilarning guli qizilcha (efedra) 
yoki genetum tipidagi urug`chi pastga o`ralgan o`simliklarning changchi va 
urugchi gulli to`pgullidan paydo bulgan. Bunday to`pgullar o`qining qisqarishi 


13 
natijasida changchi gullarning qoplama barglari bir tekis joylashib, gulqo`rg`on 
bo`laklariga aylangan. Keyingi taraqqiyot jarayonida ba’zi gullar hashoratlar 
yordamida changlanishiga o`tishi bilan ayrim changchilar gultojibargga aylangan 
bo`lishi mumkin. Bu tipidagi gullar mayda, qoraqayindoshlar, qayindoshlar, 
yong`oqdoshlar oilalarining vakillarining ko`rsatish mumkin. 
So`nggi ma’lumotlarga ko`ra, Yer yuzida tuban va yuksak o`simliklarning 500 
mingga yaqin turlari o`sadi, shulardan 2 sinf (ajdod), 533 oila va 13 000 tukumga 
mansub 250 mingdan ziyod turlarini gulli yoki mangoliyatoifa o`simliklar tashkil 
etadi. O`rta Osiyoda yuksak o`simliklarning 8000 dan ziyod va O’zbekistonda 
4500 ga yaqin turlari o`sadi. 
Mazkur qo`llanmani yozishda O`zbekistonda keng tarqalgan, mavzuga 
oid o`simlik turlaridan keng foydalanildi. Qo` llanma asosan M.Ulug`bek 
nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti (oldingi ToshDU) tomonidan 
1998-yili ishlab chiqilgan dastur bo`yicha yozildi. Lekin, so`nggi yillarda 
botanika fani qo`lga kiritgan ilmiy manbalarga asoslanib, dasturga bir qator 
o`zgarishlar kiritildi. O`rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni 
o‘rganish qadim zamonlardan boshlangan. O`rta Osiyo, shu jumladan 
hozirgi O`zbekiston o‘simliklariga oid ma’lumotlarni bundan bir necha yuz 
yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. 
Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob 
as-Saydana fit-tibb“ nomli asarida diyorimizda o‘sadigan juda ko'p dorivor 
o'simliklar haqida ma’lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) „Tib 
qonunlari

va „Kitob ush’-shifo“nomli asarlarida O’rta Osiyoda o'sadigan 
ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh 
xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning
„Devonu lug'atit turk“ nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida 
uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma’lumotlar 
berilgan. 


14 
O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy 
asosda har tamonlama o'rganish o'tgan asrning 20 -yillaridan boshlangan.
Ilmiy 
faoliyatining 
asosiy 
qismini 
turkiston 
florasini 
o'rganishga 
bag'ishlagan rus olimi В.L. Fedchenko (1872-1947) onasi O.A.Fedchenko 
bilan birgalikda 1906-1916 yillar mobaynida „Turkiston florasining ro‘yxati 
deb nomlangan ko‘p qismli kilobini chop etgan va unda Turkisfon hududida 
4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.
1920-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy 
universiteti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida 
Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har 
tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi.O‘zbekiston botaniklarining O‘rta Osiyo 
bo‘ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko‘plab gerbariylar (o‘simliklar 
kolleksiyasi) to‘pladi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi 
„Botanika'' ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika UChM) 
„O‘zbekiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda I 
million 400 mingdan ko‘proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari 
saqlanadi.Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan 
kuzatishlar asosida 1941—1962- yillarda 6 tonili ,,O‘zbekiston florasi
kitobi nashr 
etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 
1963-1993- yillarda O'zbekiston botaniklari tomonidan 10 tomli ,,O‘rta Osiyo 
o'simliklari aniqlagichi'' yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo 
hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.Mashhur 
olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining 
o‘simliklari“ (2 tomli), akad. Y.P.Korovin ,,O ‘rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston 
o'simliklari qoplami'' (2 tomli), prof. l.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum 
o'simliklari qoplami (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi 
o'simliklari
1
' (2 tomli) nomli asarlari bilan O‘rta Osiyoda botanika fanining 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.„Botanika" IlChM xodimlari tomonidan 
botanika fanining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar 


15 
yaratildi. Bular orasida 4 tomli ,,O‘zbekiston o'simliklari qoplami va 
ulardan oqilona foydalanish", „O'zbekiston paleobotanikasi", O'zbekiston 
Respublikasining „Qizil kitob” i kabi yirik asarlar bor. 1920-yillarda O`rta 
Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) va 1940-yillarda 
O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil 
etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. 
O'zbekiston bataniklarining O`rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari 
mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar klasifksiyasi) to'plandi. Bu bebaho 
klasifksiya asosida Botanika instituidida (hozirgi ,,Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish 
markazida O’zAFA „Botanika HChM) „O'zbekiston markaziy gerbariysi“ tashkil 
elildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq 
turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini 
o‘rganish va tabiatda Olib borilgan kuzatishlar asosida 1941-1962 yillarda 6 tomli 
,, O`zbekiston florasi"kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin 
o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963-1993 yillarda O'zbekiston botaniklari 
tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi“ yozib tugallandi. Bu 
yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari 
borligi aniqlangan. 
Mashhur botanik Olim Р.L.Baranov (1882-1962) O'zbekistonda 
o'simliklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909 -
1999) esa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini 
rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar.
Akad. A.M.Muzalfarov (1909-1997) O'zbekiston tuban o'simliklarini 
o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab 
berdi. 
Akad. F.N. Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida tatqiqot lardan 
o'simliklarni o'rganish bo'yidia juda katta ishlar qilinmoqda.
Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, keyinroq Aristotel, 
Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan. 


16 
XVIII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf 
etilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta 
hissa bo'ldi. 
XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning 
tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shved tabiatshunosi Karl Linney 
olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf 
etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 
tasinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni 
turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi. 
XX asrga kelib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan 
sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga 
morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, 
fiziologiya, geobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va 
boshqalar kiradi. 
O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan 
boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid 
ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur 
allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—
1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida 
diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. 
Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli 
asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, 
ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud 
Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston 
hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar 
berilgan. 
Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan 
rus olimi B.A. Fedchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 
1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p 


17 
qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini 
ko'rsatgan. 
1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy 
universitcti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida 
Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har 
tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbekiston botaniklarining O'rta Osiyo 
bo'ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar 
kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi 
„Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi O'zR FA „Botanika IIChM) 
„O'zbekiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. 


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling