Bajardi: Tursunov Mavlonbek Tekshirdi: Jomonqulova F. E samarqand-2023 Reja


qog‘ozbozlik va korrupsiyaga barham beradimi?


Download 36.01 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1798367
1   2   3
qog‘ozbozlik va korrupsiyaga barham beradimi?
Agar jarayon mukammal yo‘lga qo‘yilsa, qog‘ozbozlik va korrupsiyaga
sezilarli darajada barham berilishi aniq. Asl maqsad ham shu. Lekin bu
nafaqat Elektron hukumat, balki davlat idoralariga ham bog‘liq. Hamma
o‘z zimmasidagi vazifalarni mas’uliyat bilan vaqtida bajarsa, kutilgandan
ortiq natijalarga erishiladi.
Buning uchun Elektron hukumat davlat organlarining ichki jarayonlarini
jiddiy qayta ko‘rib chiqishi va turli davlat xizmatlarining bir-biriga o‘zaro
ta’sirini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi lozim. Hozir O‘zbekistonda aynan shu
jarayon amalga oshirilmoqda.
Yaqin-yaqingacha qanday edi?
Uzoq yillar davomida davlat idoralari va xizmatlari boshqalar uchun
deyarli yopiq bo‘lib, alohida hayot kechirayotgandek edi. Fuqarolar va
tadbirkorlar biror turdagi ma’lumotnoma yoki sertifikatni olish uchun bir
nechta davlat idoralariga borishi, navbat kutishi, ishi tezroq bitishi uchun
tanish izlashi kerak bo‘lardi. Bunda ish vaqti, asab va mablag‘ sarfi,
odamlarning sarsongarchiligi umuman baholanmagan.
Bugun vaziyat ancha o‘zgardi. Endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali (YaIDXP) orqali 215 dan ziyod elektron hukumat xizmatlarini
uyingiz yoki ishxonangizdan turib ham olishingiz mumkin. Buning uchun
mutaxassislar har kuni yangi qulayliklar yaratish ustida bosh qotiryapti.
Biroq hali oldinda qilinadigan ishlar ko‘p.
My.gov.uz nima? U qanday vazifani bajaradi?
Oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, my.gov.uz portali fuqarolar, vazirliklar,
idoralar va boshqa davlat tashkilotlarini yagona nuqtaga birlashtiruvchi
katta, har tomonlama qulay, istagan mahsulotingizga oson buyurtma
beruvchi «zamonaviy bozor»ga o‘xshaydi.
Uning yordami bilan siz ikki yuzdan ziyod davlat xizmatlaridan yiliga
365 kun, 24 soat davomida foydalanishingiz mumkin. Masalan, yashash
joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish, sudlanganligi yo‘qligi to‘g‘risida
guvohnoma talab qilish, korxonangizni ro‘yxatdan o‘tkazish va
hokazolar.
Ya’ni deyarli barcha xizmatlar bir nuqtadan ko‘rsatiladi. Bu elektron
hukumat xizmatlarini olishda zarur bo‘lgan hujjatlar bir joyda va bir
vaqtning o‘zida taqdim etilishini anglatadi. Va bu korrupsiyani yo‘q
qilish yo‘lidagi katta qadamdir.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling