3-rasm. 2017 йилда AT “Xalq banki”da jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larining tarmoq tarkibi5
Xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan berilayotgan prognozlarga ko’ra, mamlakatimizda pensiya yoshidagi aholining bog’liqlik koeffitsienti ortib boradi:
4-rasm. Pensiya yoshidagi aholining bog’liqlik koeffitsienti (65 va undan yuqori yoshdagilarning 15-64 yoshdagi ishchi kuchiga nisbati)6
Bu esa, o’z navbatida, milliy pensiya tizimida xususiy jamg’arib boriladigan pensiya tizimi faoliyatini takomillashtirish orqali davlat pensiya fondi defitsitini oldini olish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Birlashgan millatlar tashkilotining xalqaro ekspertlari tomonidan tayyorlangan uzoq muddatli demografik prognoz natijalariga (6-jadval) asoslanib aytish mumkinki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy pensiya tizimini moliyalashtirishning yangi manbalari va usullarini izlab topish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida inflyatsiyaga qarshi kurashish, jamg’ariladigan pensiya mablag’larini sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalashga qaratilgan investitsiya siyosatiga muvofiq minimal risklar bilan jalb qilish imkoniyatlarini izlab topish nihoyatda muhmidir.
Bunda fuqarolarning jamg’arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larning (istiqbolda pensionerlar farovonligini ta’minlash maqsadida) hajmi va qiymat jihatidan, shuningdek, inflyatsiya sharoitlarida ham likvidliligini ta’minlash orqali bu mablag’larni iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya jarayonlariga yo’naltirish ijobiy natijalarni beradi.
3-jadval
O ’zbekistonda demografik holat bo’yicha BMTning 2005-2050 yillarga prognozi7
Mamlakatimizda joriy demografik vaziyatlarni inobatga olgan holda, keyingi yillarda milliy pensiya tizimida jamg’arib boriladigan pensiya dasturini rivojlantirish va uning faoliyatini takomillashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
– taqsimlanadigan va jamg’arib boriladigan pensiya dasturlarini o’zaro uyg’unlashtirish;
– fuqarolarning pensiya sug’urtasi badalini to’lab borishi uzviyligi va maqsadli tarzda amalga oshirilishini ta’minlash;
– davlat pensiya tizimida jamg’arilib boriladigan pensiya dasturi ahamiyatini uni turli shakllar asosida tashkil etish orqali oshirib borish;
– ish beruvchilar tomonidan kasbiy pensiya dasturlarini tashkil etilishini rag’batlantirish;
– xususiy pensiya fondlari faoliyatini tashkil etish va ularni investitsion faolligini oshirish;
– xususiy pensiya fondlarida sug’urtalangan fuqarolar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |