Bajardi: xolmahmatova z tekshirdi: umurzakova m


Download 1.09 Mb.
bet2/10
Sana18.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1026910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dinara

Kurs ishi obyekti. Kurs ishi obyekti – Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida daromadlarining shakllanish amaliyoti tahlili, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi xarajatlari va investitsiya maqsadlarida foydalanish amaliyoti tahlili, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining shakllanishi va sarflanishi mutanosibligini ta’minlash omillarini oʻrganish.

.

1. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida daromadlarining shakllanish amaliyoti tahlili



Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotining manbasini fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga majburiy har oylik badallar tashkil qiladi. Bunda jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig’i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromadi)ning bir foizi hisobiga jamg’ariladidan pensiya mablag’lari shakllanadi. Ta’kidlash joizki, xodimlarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga har oylik badallar to’lash 2005-yilning yanvar oyi uchun hisoblangan ish haqi (daromad)dan boshlangan. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida pensiya jamg’armalarini fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’lari hisobiga emas, balki davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lardan ajratmalar hisobiga shakllantirish mexanizmi amal qilmoqda. Bunda, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg’arib boriladigan pensiya hisob-varaqlariga majburiy badallar jismoniy shaxslar daromad solig’ining byudjetga yo’naltiriladigan bir qismi hisobidan amalga oshiriladi.Albatta, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini shakllantirish uchun, avvalo, ushbu tizimga a’zolikni ta’minlash kerak. A’zolik esa 2 xil tarzda bo’lishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy. Mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda, biroq, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi dehqon xo’jaliklarining a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolar jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etishlari mumkin (5-rasm).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling