Bajardi: xolmahmatova z tekshirdi: umurzakova m
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi xarajatlari va investitsiya maqsadlarida foydalanish amaliyoti
Download 1.09 Mb.
|
Dinara
2. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi xarajatlari va investitsiya maqsadlarida foydalanish amaliyoti
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari to’lash uchun foydalaniladi va jamg’arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini ko’paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablag’lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek, moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Jamg’arib boriladigan pensiya badallari shaklida tushgan pul mablag’lari keyinchalik fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’iga o’tkazish uchun Xalq banki filiali tomonidan maxsus tranzit hisobvarag’iga o’tkaziladi. Xalq banki filiali jamg’arib boriladigan pensiya badallari tushgan kundan keyingi ish kunidan kechikmay mablag’larni hosil bo’lgan majburiyatlar miqdorida Xalq bankining markaziy operatsiya filialiga o’tkazadi. Filiallardan olingan mablag’lar Xalq bankining markaziy operatsiya filiali tomonidan belgilangan tartibda joylashtiriladi.Quyidagi rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti xarajatlari ikki qismga bo’linadi. Birinchisi, fuqarolarga qonunchilikka ko’ra pensiya yoshiga etganlarida ular uchun ochilgan Xalq bankidagi shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag’larning to’lanishi bo’lsa, ikkinchisi, Xalq banki tomonidan jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini investitsiya va kredit resurslari sifatida, shu jumladan, moliyaviy vositalarga yo’naltirilishidir. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling