Bajardi: Yo’ldosheva Shoxista Reja


Download 291.11 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi291.11 Kb.
#1748140
Bog'liq
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar


Mavzu:Ijtimoiy himoyaga
muhtoj bolalar
Bajardi: Yo’ldosheva Shoxista
Reja:
1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga yaratilayotgan sharoitlar
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari
3. Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash
Ijtimoiy himoya tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQSHning Ijtimoiy xavfsizlik bo‘yicha qonunida qo‘llanilgan, keyinchalik Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgani turli mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofiqligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta’minot tizimi kabi omillarga bog‘liq holda amal qiladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya XX-asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Ijtimoiy himoya 90-yillarga kelib, ayniqsa, mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo'shishgan qodir, jismoniy va ma'naviy yetuk avlodni kamolotga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida millatlar va e 'latlar, aholining ijtimoiy qadamlarini huquqiy muhofaza qilish uchun mustahkam zamin yaratildi.
Mamlakatimizda bolalarga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, onalik va bolalikni muhofaza etish masalalari davlat siyosati darajasida ko 'rilmoqda.
Ijtimoiy himoya deganda, keng ma’noda - mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan hamda jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui, tor ma’noda - davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi tushuniladi.
Ma'lumki, aholini ijtimoiy himoya qilish, ularga huquqiy erkinlikni yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar, ayniqsa nogiron, ota-onasidan mahrum bo'lgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qator me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lishi, "Bolalar huquqlari to'g'risida"gi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi va "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida "gi Qonunning qabul qilinishi yoshlarimizga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin namunasidir.
Bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi (tiklash) va ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) - bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi texnologiya va innovatsiyalarning paydo bo'lishi bilan tadrijiy rivojlanib boradigan bu nozik sohada professional yondashuvni talab qiladigan sermashaqqat mehnatdir.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg’unlashish huquqi kafolatlari - Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqga egadir.
Ta`lim, tibbiyot va ma`daniy-marifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlri bo`lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo`lishi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo’lgan huquqi kafolatlari - Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, to’liq davlat ta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan boshqa toifadagi bolalar o’zlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega bo’lish yoki qonun hujjatlariga muvofiq turar joy olish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari - Ijtimoiy yordam uni o0lish huquqiga ega bo’lgan har bir bolaga tayinlanadi.
Yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ta,lim berish va uni ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Davlat organlari ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga moddiy va boshqa sharoitlarni ta’minlaydi.
Nogiron bolalar, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari.
Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo’lib, bu profilaktika,davolash-tashxis qo’yish, reabilitasiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishini va boshqa yordam turlarini ichiga oladi.
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar har qanday sababga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘lib hisoblanadi. Yetim bolalar bundan mustasno, chunki yetim bolalar - otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan, deb e’lon qilingan bolalardir. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar - ota-onasining mavjud emasligi, ular ota-onalik huquqlarining qisman cheklanganligi yoki mahrum etilganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomala layoqati cheklangan (qisman cheklangan) deb topilganligi sababli yagona yoki har ikki ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalardir.
Ijtimoiy yetim - biologik ota-onasi mavjud bo‘lgan holda ota-ona e’tibori va mehridan bebahra qolgan bolalardir. Ijtimoiy yetimlar deganda, voz kechilgan bolalar, tashlandiq bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz (ruhiy kasallik sababli) deb topilgan ota-onalarning farzandlari, ota-onasi ozodlikdan mahrum etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan yoki turar joyi va qayerdaligi noma’lum bo‘lgan ota-onalarning farzandlari tushuniladi.
Download 291.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling