Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi


Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 35.43 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1508899
1   2   3   4
Bog'liq
Asosnoma Umarova D

Tadqiqotning maqsad va vazifalari.

  • Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlari poetikasini badiiy mezonlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.

  • fentezi va uning turlariga oid nazariy fikrlarni oʼrganish hamda uning fantastik asarlar bilan oʼziga xos farqli va mushtarak jihatlarini ilmiy- nazariy jihatdan ochib berish;

  • Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlarida obraz yaratishning badiiy-estetik mahoratini tahlilga tortish;

  • Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlarida XX-XXI asrlar va ayol qahramon xarakter xususiyatining fentezi bilan uygʼunlikdagi jihatlarini ochib berish;

  • Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlaridagi zamon va makon masalalarini poetik mezonlar asosida tadqiq etish;

  • yozuvchi uslubi va asar tilini yaratishdagi adiblarning novatorlik mahoratini ilmiy-estetik ochib berish.

Tadqiqot obyekti sifatida Kerstin Gir, Xennen Bernxard, Izabel Smitt-Egner va Mara Vulflarning bir qator fentezi asarlari tanlangan.
Tadqiqotning metodologik asoslari - O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidentining asarlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, тa’lim va fan sohasiga oid Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, davlat me’yoriy hujjatlari, dialektikaning bilish nazariyasi, filologiya, psixolingivistika, metodika, pedagogika va lingvo didaktika sohasidagi o‘zbek va xorijiy olimlarning fundamental ishlari.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda biografik, germenevtik, qiyosiy tahlil usullari qoʼllaniladi.
Taqdiqotning natijasining ilmiy va nazariy ahamiyati - Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati adabiyot nazariyasi fanining tarkibiy qismida yangi fenomen sifatida fentezi masalalari, jahon adabiyotida vujudga kelayotgan yangi janrlar, adabiy shakllar va mavzularning milliy- madaniy xususiyatlarini, ularning oʼzbek adabiyoti rivojiga taʼsirini oʼrganish boʼyicha chiqarilgan nazariy xulosalar bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan kontseptual gʼoyalar «Аdabiyotshunoslik nazariyasi», «Jahon adabiyoti», «Hozirgi adabiy jarayon», «Аmerika adabiyoti» fanlari boʼyicha oliy taʼlim muassasalarining filologik yoʼnalishlardagi talabalariga moʼljallangan darslik va oʼquv qoʼllanmalar tayyorlash, maʼruzalar oʼqish, seminarlar tashkil etish, shuningdek, adabiyot fani boʼyicha akademik litsey va umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʼquvchilariga jahon adabiyotining durdona asarlarini mutolaa qilishga qiziqtirish boʼyicha mashgʼulotlar olib borishda manba boʼlib xizmat qilishi bilan belgilanadi.

Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling