Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi


Download 35.43 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1508899
  1   2   3   4
Bog'liq
Asosnoma Umarova D


Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusini ro‘yhatdan o‘tkazish va OAK Byulleteni jurnalida e’lon qilish bo‘yicha
ASOSNOMA


Tadqiqotchi:Umarova Dilafruz Xusanjon qizi
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: “Zamonaviy nemiszabon fentezi asarlar poetikasi”
Ixtisoslik shifri va nomi: 10.00.04 Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: filologiya fanlari.
Ilmiy rahbar: Tursunov Aklmaljon Xamidjonovich, Namangan Davlat Universiteti filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya ishi bajariladigan tashkilot: Namangan Davlat Universiteti


Mavzuning dolzarbligi: Jahon adabiyotshunosligida adabiy janr vayoʼnalishlarning ilmiy-nazariy jihatdan oʼrganilishi kundan-kun turli asarlar yaratilishiga turtki boʼlmoqda. Ushbu badiiy asarlarning kitobxonlar tomonidan saralab mutolaa qilinishi, adabiyotshunoslikdagi turli yoʼnalishdagi asarlarning ilmiy tadqiqi bilan bogʼliq masalalarni yuzaga keltirmoqda. Аyniqsa, zamonaviy yoʼnalish sifatida adabiyotshunoslikka kirib kelgan fentezi asarlar modernizm va postmodernizm bosqichlarida oʼz rivojlanishining yuksak pallasiga chiqdi. Fentezining yangi fenomen sifatida tan olinishi oʼtgan asrning oxiri va yangi asrning boshlarida yuz berayotgan globallashuv jarayoni bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, ushbu yoʼnalishda yaratilgan asarlarni ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo adabiyotshunosligida turli tillarda yaratilgan ommabop durdona asarlarni poetik xususiyatlarini ochib berish haqidagi ilmiy-nazariy fikrlar ilgari suriladi. Xususan, Yevropa va Аmerika adabiyotshunosligi kontekstida fentezi asarlarning badiiy mezonlar asosida oʼrganilishi, ularning tahlili bilan bogʼliq nazariy fikrlarni paydo qiladi. Bu borada, amerika va gʼarb adabiyotshunosligida J. Tolkin, J. K. Rouling, T. Pratchett, N. Geyman, S. Klark, B. Sanderson, I.Shmitt, M.Vulf va K.Gir kabi yozuvchilarning ijodiy merosidagi ommabop fentezi asarlari tadqiqot doirasi kengligi bilan ajralib turadi. Shunga koʼra, turli xalqlar va millatlarga mansub adiblarning badiiy asarlarini tadqiq etish orqali obraz qoʼllash, personaj xarakterini yoritib berish hamda asar tilining oʼziga xosligini ilmiy- tahliliy oʼrganish adabiyot sohasidagi dolzarb vazifa sanaladi.
Mamlakatimizda jahon adabiyoti bilan aloqalarni kengaytirish, shuningdek, durdona asarlarni badiiy tahlil qilish va ijodkorning poetik mahoratini yoritishdagi ilmiy yondashuvlar turli tadqiqotlarda oʼz aksini topmoqda. «Аdabiyot va sanʼatga, madaniyatga eʼtibor – bu, avvalo, xalqimizga eʼtibor, kelajagimizga eʼtibor ekanini, adabiyot, madaniyat yashasa, millatyashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yoʼq»1. Shu maʼnoda jahon adabiyotining yorqin namoyandalarini oʼrganish bilan birgalikda, ularning asarlarida dunyo millatlari madaniyatining badiiy ifodasi talqini boʼyicha ilmiy xulosalar chiqarish muhim masalalardan biridir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyichaHarakatlar strategiyasi toʼgʼrisida», 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi farmonlari, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida»gi Qarori hamda sohaga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling