Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining «Аxborotlashgan va huquqiy jamiyatni maʼnaviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo’nalishi doirasida bajariladi.
Dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot ishlari tematik rejalari bilan bog’liqligi.
Dissertatsiya tadqiqoti Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining «Xorij adabiyotshunosligining dolzarb muammolari» hamda «Jahon adabiyoti durdonalari oʼzbek tarjima shunosligida» mavzusidagi ilmiy tadqiqotlar doirasida bajariladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Jahon adabiyotida fentezi asarlarning ilmiy tadqiqi bilan bogʼliq boʼlgan koʼplab masalalar adabiyotshunos olimlar va tanqidchilarni ham tashvishlantiradi, ham ular tadqiqotlarining bosh mavzusiga aylangan. Xususan, Kerstin Gir, Xennen Bernxard, Izabel Smitt-Egner va Mara Vulflarning fentezi asarlari ham, bu borada, eʼtibordan chetda qolgani yoʼq.
Fantastik va fentezi asarlar bilan bogʼliq boʼlgan masalalar gʼarb adabiyotshunoslari S. Todorov, M. Bould, R. Jekson, I. Opatski, K. Menlav, B. Steblford, Don D`Аmmasa, B. Etteberi; rus adabiyotshunoslari V. Gubaylovskiy, V. Berezin, K. Stroeva, Ye. N. Kovtun, V. L. Gopman, O. K. Yakovenko, А. А. Аnikina; oʼzbek adabiyotshunoslari R. M. Ibragimova, F. Salaev, D. H. Quvvatova; Jorj Martin ijodi bilan bogʼliq tadqiqotlar T. Yu. Mkrtchyan, T. N. Starostenko kabi olimlar tomonidan oʼrganilgan. Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlarida zamon masalasini bir qator tadqiqotchilar tadqiqotlarida koʼrsak, ulardagi tarixiy va geografik hududlarning xaritadagi tavsifini ochib berish masalasini ham ularning ishlarida kuzatishimiz mumkin. Biroq bizning tadqiqotda koʼtarilgan Zamonaviy nemiszabon fentezi asarlari badiiy olamida obrazlar tizimi, ularning ruhiy holati va Oʼrta asrga xos ijtimoiy jamiyatda ularning tutgan oʼrni tahlili hanuzgacha maxsus ilmiy tadqiqotning obьekti boʼlmagan, shuningdek, Zamonaviy nemiszabon fenteziasarlari tili badiiy mezonlar asosida oʼrganish nuqtai nazaridan tahlil qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |