Bajaruvchi: Ilmiy rahbar: toshkent – 2022 mundarija kirish


-jadval.Turli mamlakatlarda kichik korxonalar rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari8


Download 493.08 Kb.
bet13/15
Sana22.04.2023
Hajmi493.08 Kb.
#1377188
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kichik biznes

2-jadval.Turli mamlakatlarda kichik korxonalar rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari8


Кичик корхоналар сони (мингта)

1000 кишига тўғри келадиган кичик корхоналар сони

Умумий меҳнат билан бандлардаги улуши, % да

Мамлакат ЯИМда кичик корхоналар улуши, % да

Буюкбритания

2630

46,00

49,0

50-53

Германия

2290

37,00

46,0

50-54

Италия

3920

68,00

73,0

57-60

Франция

1980

35,00

54,0

55-62

США

19300

74,20

54.0

50-52

Япония

6450

49,60

78,0

52-55

Россия

836,2

5,65

9,6

10-11

Kichik korxonalarning aksariyat qismi savdoda, qurilish va sanoatda yaratilgan. Masalan, Yevropada kichik korxonalarning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida savdoda-21 foiz, sanoatda-18 %, qishloq xo‘jaligida – 11 foiz, qurilishda – 13 %, transport va aloqada-14%, aholiga xizmat ko‘rsatish-12 %, korxonalar uchun xizmat ko‘rsatishda-11% faoliyat yuritishsa, Osiyo davlatlarida esa sanoatda-41%, qishloq xo‘jaligiga-21%, qurilishda-10%, transportda-12, savdoda-16 %ni tashkil etmoqda.


Mamlakatimizda bandlikni ta'minlashda kichik biznes alohida ahamiyat kasb etadi, jumladan 2019 yilda kichik biznesda bandlar soni 10587.7 ming kishini, yoki mamlakat iktisodiyotida ish bilan bandlar sonining 78.3% ni tashkil etgan va oldingi yilga nisbatan 1.8 % ga o‘sishi ta'minlangan.
Olib borilgan izlanishlar natijasiga asoslangan holda shuni ta'kidlash mumkinki, har bir korxonada ishlaydigan ishchilar sonining kamligi kichik biznesga xos xususiyatdir. Har bir kichik korxonada ish bilan bandlar soni o‘rtacha 7, 8 kishini tashkil qiladi (norasmiy bandlikni inobatga olmagan holda). Eng yuqori ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida kuzatilgan bo‘lib – 12 kishini, qurilish sohasida - 11 kishini tashkil etgan. Eng kam ishchilar soni axborot va komp'yuter sohasida shug‘ullanuvchi, ko‘chmas mulk operatsiyalari, madaniyat va san'at sohasida ish bilan bandlar qayd etiladi, ularning har birida xodimlar soni 6 kishidan oshmaydi. 2017 yilda barcha kichik korxonalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chikarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 54.9 foizni tashkil etgan va bu amaldagi qiymat ko‘rsatkichlariga ko‘ra 61367.8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Qurilish sohasidagi kichik korxonalar 22 173,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 65,1 foizi) bajarildi va 2016 yilning yanvar'–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 103,2 foizni tashkil qildi.
Toshkent viloyati bo‘yicha 2019 yilda kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning hajmi, ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining 57.3 foizni tashkil qildi. Statistik ma'lumotlarning ko‘rsatishicha kichik korxonalar sonining ortishiga ko‘ra mutlaq yetakchilikni sanoat sohasi egallagan.
Keyingi yillarda kichik korxonalarning mavjud sohalari tarkibida deyarli o‘zgarish sodir bo‘lmadi. Kichik korxonalar umumiy sonining eng katta qismini savdo(26,8 %) va sanoat (21.2 %) korxonalari tashkil etadi. Ushbu sohalarning e'tiborni tortishi birinchi navbatda investisiyalarning nisbatan tez daromad keltirishi va barqaror ist'molchilar talabiga ega ekanligi bilan bog‘liq.
Mazkur maqolaning asosiy maqsadlaridan biri mintaqaviy va umuman milliy iqtisodiyot darajasida qurilish sohasidagi kichik biznes korxonalari faoliyatini o‘rganish hisoblanadi, chunki aynan ushbu soha mamlakat uchun ham, aholi uchun ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtga kelib eng dolzarb masalalardan biri - bu, albatta aholi uchun turar joylarni qurish bo‘lib, bu muammo butun O‘zbekiston hududida keng tarqalgan, barcha viloyatlar ushbu muammoni hal etish yo‘llarini qidirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan korxonalar umumiy soni agarda 2000 yilda 18.4 ming tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda 285.5 ming tani tashkil qilib shulardan qurilish korxonalari 24.1 ming tani, yoki umumiy korxonalarning 8,5 foizini tashkil qilgan holda umumiy sonining 2,2 foizga o‘sishi kuzatilgan.
Shuni ta'kidlash mumkinki, umumiy hisobda mamlakatimizda kurilish tashkilotlari sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda, asosan xususiy mulk shakliga ko‘ra. 2014 yilda 3001 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3788 taga teng bo‘lgan.
Kichik korxona va mikrofirmalarning o‘z kuchi bilan bajargan qurilish ishlari hajmi 2019 yilda 12320.7 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, hududlar kesimida olib qaraganda asosiy ulush Toshkent shahriga (22.3 %) to‘g‘ri keladi. Toshkent viloyatida ushbu yo‘nalishda 583.5 milliard so‘m miqdoriga teng bo‘lgan ish bajarilgan bo‘lib, hududning ulushi 4.7 foizni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng past Sirdaryo viloyati kuzatilgan bo‘lib mos ravishda 339.8 milliard so‘mni va 2.8 foizni tashkil qiladi. Bu, asosan yirik shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi byudjetlarini moliyalashtirish bilan bir qatorda, ushbu sohaga xususiy investisiyalarni kiritish orqali rivojlantirilib borilmoqda.



Download 493.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling