Bajaruvchi: Narzullayev j tekshiruvchi: G’ayratov z samarqand-2022 chastota modulyatori va chastota detektorini tadqiq etish nazariy qism


Download 1.56 Mb.
Sana14.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1093195
Bog'liq
5-lab Narzullayev


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
Tizimlar va signallarni qayta ishlash”
Mustaqil ish-№5


Bajaruvchi: Narzullayev J
Tekshiruvchi: G’ayratov Z


Samarqand-2022
CHASTOTA MODULYATORI VA CHASTOTA DETEKTORINI TADQIQ ETISH
Nazariy qism: Chiqishidagi kuchlanish kirishidagi signal chastotasiga mos ravishda o‘zgaruvchi qurilma chastota detektori (ChD) deb ataladi. ChM signallarni chiziqli elektr zanjirlarda detektorlash mumkin emas, chunki uning chiqishida tokning yangi spektr tashkil etuvchilari paydo bo‘lmaydi. ChD inersiyasiz NEZ da ham yaratib bo‘lmaydi, chunki uning chiqishidagi kesish burchagi θ bo‘lgan kosinusoidal impulslar amplitudasi o‘zgarmaydi. Odatda ChM va FM signallar detektorlar kirishiga berilishidan avval amplituda cheklagich qurilmasidan o‘tadilar.
ChM signallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlanmaydi. Ularni detektorlashdan oldin modulyatsiya shaklini chiziqli tizim yordamida o‘zgartiriladi va so‘ngra mos detektor yordamida detektorlanadi. Odatda:

  1. ChM signal AM signalga aylantiriladi va AD yordamida detektorlanadi;

  2. ChM signal FM signalga aylantiriladi va FD yordamida detektorlanadi;

v) ChM signal impulslar ketma-ketligi oralig‘i o‘zgaruvchan signalga aylantiriladi va impuls detektori yordamida detektorlanadi.
Odatda detektorlash xarakteristikasi simmetrik shaklga ega bo‘lgan ChD lardan keng foydalaniladi, chunki ular chiziqliga yaqin detektorlash xarakteristikasiga egalar. Natijada ularning chiqish kuchlanishlari Uch(t) kirish signali chastotasi o‘zgarishiga mos keladi.
ACh chiqishidagi tok birinchi garmonikasi I1 amplitudasi o‘zgarmaydi, ammo uning chastotasi ±∆ωd ga o‘zgarishiga LC kontur ekvivalent qarshiligi Ze(ω) ning turli qiymatlari mos keladi, natijada LC konturdagi kuchlanish amplitudasi
ωd ga mos ravishda o‘zgaradi. Umuman LC konturdagi kuchlanish chastota va amplitudasi barobariga o‘zgaruvchi ChAM tebranish ko‘rinishida bo‘ladi. Konturdagi kuchlanish Uk AD yordamida detektorlanadi. Detektor xarakteristikasi shakli LC kontur AChX ning ±∆ωd oraliqdagi qismi shaklida bo‘ladi. Bu ChD chiqish kuchlanishi




Shu ifodalar orqali hisoblanadi
Ishdan maqsad: Ishda chastota modulyatori va chastota detektori sxemalarini hamda ishlash jarayonini tadqiq etish ko‘zda tutilgan.

  1. Siljitish kuchlanishini avtogenerator generatsiya qiladigan signal chastotasiga ta’sirini tahlil etish.

    1. Коmpyuter xotirasiga dasturni kiriting. Ossillograf ekranidagi ko‘rsatkichlarni 1-katak kirish signali kuchaytirish koeffitsiyentini o‘zgartirib, 1-katak 0,6 V va signal yoyish qiymatini 1-bo‘lim 0,008 ms qilib o‘rnating.



5.1- rasm. Chastota modulyatori va chastota detektori ishlash jarayonini tadqiqot etish strukturaviy sxemasi
































Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling