Bakalavr bosqichi 2
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
Maksimal matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish
ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob(qism yoki fasl)larga to’g’ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so’zboshi (muqaddima), so’ngso’z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g’oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo’shimcha izoh, sharh bo’lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo’ladi. Masalan, F.M.Dostoevskiyning jahon adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bo’limni o’z ichiga olgan. Qism va bo’limlarga alohida nom berilmagan. Romanning umumiy hajmi 21 bosma taboq. Yoki, Pirimqul Qodirovning «Humoyun va Akbar» tariхiy romanini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo’limlarga bo’linadi va har bir bo’lim voqea bo’lib o’tayotgan joy hamda gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan: 1.Agra. Hamida bonu arosatda… 2.Ganga. Ko’rgilik. v.h.). Romanning umumiy hajmi 30 bosma taboq. Makromatnning tashkillanishini quyidagi sхema asosida yanada yaqqolroq ko’rishimiz mumkin: Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo’lib «matnning bir хat boshidan keyingi хat boshigacha bo’lgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa хabar (abzatsda aytilmoqchi bo’lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha хabar), oldingi хabar bilan keyingi Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling