Bakalavr mutaxassisligi: milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi


SHaxsning ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayondir


Download 42.99 Kb.
bet9/12
Sana20.12.2022
Hajmi42.99 Kb.
#1035607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Rashidov S

SHaxsning ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Har qanday jamiyatning rivojlanish jarayonida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqiladi. Ijtimoiylashuv davrida har bir jamyat a’zosi mazkur qadriyat, ideal, me’yor va qoidalarning mohiyatini anglaydi, ularga rioya qilish asosida faoliyat yuritadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxsning xatti-harakatlari, xulq-atvori jamiyat talablariga mos kelishi, u bilan o’zaro uyg’unlasha olishi, salbiy ijtimoiy hodisalarga, individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O’zRning “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ham ta’kidlab o’tilganidek, ‘Uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi”3.
Huquqiy tarbiyaning ta’lim va tarbiyani tashkil etishdagi o’rni va uning huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishda zaruriy shartligi
Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ham «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb bejiz ta’kidlamagan. Chunki «huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat» kabi bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi ushbu mantiqiy izchillikda va ketma-ketlikda joylashgan o’xshash kategoriyalar jamiyat huquqiy tizimining holatidan darak beradi.Shaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi.
Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi. Huquq sub’ektlari huquqga hurmat bilan qarashlari, amaldagi qonun normalariga rioya etishlari, huquqbuzarlikning har qanday ko’rinishlariga murosasizlik bilan munosabatda bo’lishlari uchun ular avvalo huquqning mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni, kishilar hayotini tashkil etishda ijobiy ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Bunda huquqiy tarbiya asosiy rol o’ynaydi. “Huquqiy tarbiya – bu davlat, uning organlari va xodimlarining, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuqori ko’tarish yuzasidan maqsadga yo’naltirilgan doimiy faoliyatidir36”. Tadqiqotchi R.Boymirzayevaning talqinicha, “Huquqiy tarbiya bu avloddan avlodga huquqiy madaniyat, huquqiy tajriba, huquqiy ideallar va jamiyatda vujudga keladigan nizolarni hal etishning vositalari va mexanizmlarini o’tkazish (uzatish) yuzasidan tegishli sub’ektlar tomonidan olib boriladigan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Bunday faoliyat ta’lim va tarbiya maskanlarida, ya’ni ta’lim barcha turlarida mavjud.
Huquqiy tarbiyaning oilada va ommaviy axborot vositalarining axborot va ma’lumotlari orqali singdirishga ham erishiladi.Odatda huquqiy tarbiya haqida gap ketganda uning tor va keng ma’nodagi tushunchalari ajratiladi. Keng ma’nodagi huquqiy tarbiyada inson butun jamiyat tomonidan tarbiyalanadi, ya’ni o’zini qurshab turgan muhit, yuridik amaliyot, davlatning mansabdor shaxslari va boshqa huquq sub’ektlarining hatti-harakati natijasida tarbiyalanadi.” .
Keng ma’nodagi huquqiy tarbiyada gap insonning jamiyatga kirishib ketishi, uning ijtimoiylashuvi haqida ketmoqda. Bu joyda bir xolatga e’tibor berish kerak. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari – davlat apparatida faoliyat olib borayotgan xodimlarning asosiy maqsadi bevosita insonlarga nisbatan huquqiy tarbiya olib borish bo’lmasa-da, ularning faoliyati bilvosita insonlarning huquqiy ongi shakllanishiga ta’sir etadi.
Tor ma’noda huquqiy tarbiya – maxsus sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, o’zining fuqarolar, aholi va butun jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatini ko’tarish maqsadiga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
Bizni fikrimizga huquqiy tarbiya qator maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
– amaldagi qonunchilik, qonuniylik, birinchi navbatda bevosita insonga tegishli bo’lgan shaxsning huquq va erkinliklari haqida yetarli va chuqur bilim va ma’lumotlarga ega bo’lish;
– huquqiy, madaniy qadriyat sifatidagi qonunga insonlarda chinakam hurmat hissini shakllantirish, uning nufuzini ko’tarish, huquqiy nigilizm ko’rinishilari bilan murosasiz kurash olib borish;
– insonlarda huquqiy itoatkorlik hissini tarbiyalash, huquqiy xulqning afzalliklarini aholi ongiga singdirish, huquqbuzarlikka nisbatan salbiy munosabatni mustahkamlash, aholida yuridik faoliyatda ishtirok etishning ko’nikma va yo’llarini shakllantirish;
– jazoning muqarrarligiga aholida ishonch hissini shakllantirish.
Yuqorida ham ta’kidlanganidek, huquqiy tarbiya ko’p qirrali jarayon, bo’lib, u bir qancha shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Pirogolkinaning fikricha, “Bugungi kunda huquqiy tarbiyaning keng tarqalgan shakllariga quyidagilarni kiritish mumkin: ommaviy axborot vositalari yordamida huquqni targ’ib etish; ommabop huquqiy adabiyotlarni chop etish; og’zaki shakldagi huquqiy targ’ibot olib borish; fuqarolarga huquqiy ta’lim berish; kasbiy huquqiy ta’limni olib borish; ko’rgazmali huquqiy tarbiya olib borish; yuridik amaliyotning ta’siri orqali huquqiy tarbiya olib borish; san’at va adabiyot asarlari ta’siri yo’li bilan huquqiy tarbiya olib borish” 4.
Huquqiy ongni shakllantirishda huquqiy tarbiya vositalari katta ahamiyatga ega. Ilmiy va o’quv adabiyotlarida huquqiy tarbiyaning printsiplari ajratiladi. Printsiplar bu muayyan bir faoliyat asoslanadigan asosiy qoidalar, bosh g’oyalar majmuidir. Huquqiy tarbiya printsiplari bu – huquqiy tarbiyani amalga oshirishda asoslanadigan, tayaniladigan asosiy, muhim qoidalar, talablar yig’indisidir. Huquqiy tarbiyaning printsiplari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: – huquqiy tarbiyaning ijtimoiy hayot, jumladan yuridik faoliyat va yuridik amaliyot bilan uzviy bog’liqligi; – huquqiy tarbiyaniy ilmiyligi, uning fan va yuridik bilimlar yutuqlariga asoslanishi; – qonuniylikni mustahkamlashga, qonunning obro’sini ko’tarishga, amaldagi qonunlarni bilishga va ulardan foydalana bilishga yo’naltirilganligi; – huquqiy tarbiyaning tushunarli va obrazliligi. Huquqiy tarbiya vositalari ichida huquqiy ta’lim alohida o’rin tutadi. Huquqiy ta’lim, aytish mumkinki, huquqiy ongning, huquqiy madaniyatning, huquqiy davlatning tayanchidir. Huquqiy davlat barpo etish uchun huquqiy tarbiyani, jumladan huquqiy ta’limni takomillashtirish vazifasi ustuvor vazifamizga aylangan. Bu ikki huquqiy hodisani, ta’sir etish ob’ekti, yo’nalishiga qarab birmuncha farqlash mumkin bo’ladi. Tarbiya, jumladan huquqiy tarbiya asosan inson ongining hissiy-irodaviy, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashiga ta’sir etadi. Ta’lim, jumladan huquqiy ta’lim esa, inson ongining ratsional jihatiga axborottanishtirish mazmunida ta’sir etadi. SHu o’rinda bir jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
Tarbiyaning inson ongiga, uning hissiy-irodaviy va dunyoni bilish jihatiga ta’siri o’zo’zidan uzil-kesil shakllanib qolmaydi, tarbiya natijasida olingan bilimlar, ma’lumotlar borliq bilan bog’liq, u chinakam amalda mavjud bo’lgan huquqiy amaliyot bilan uzviy bog’liq holda o’zlashtiriladi.
Qonuniylik haqida, uning ijtimoiy ahamiyati haqidagi bilim va ma’lumotlar real hayotda qonuniylikning ijobiy daraja ko’rsatkichi bilan mustahkamlanmasa, uning qadriyat sifatida insonlar ongida chuqur singishiga va harakat dasturiga va ichki zaruriy ishonchiga aylanishiga umid bog’lash qiyin. Yoki, davlat hokimiyatini tashkil etishning oqilona, sinalgan tamoyili bo’lgan “hokimiyatlarning taqsimlanishi va ayni paytda o’zaro harakati” haqida juda ko’p fikrlar va jahon amaliyotidan misollar keltirish mumkin. Biroq, bu printsip har bir mamlakatda to’la amalga oshmas ekan, uning muhim demokratik qadriyat sifatida insonlar huquqiy ongidan joy olishi dargumon. SHu bois huquqiy tarbiya ijtimoiy amaliyot va real hayot bilan hamohang bo’lganida u insonlarning ongi va qalbidan tegishlicha joy oladi va ularning hulq-atvoriga, dunyoqarashiga ta’sir etadi. Basharti demokratik qadriyatlar faqat Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan, siyosatdonlarning va’dalarida e’lon etilgan bo’lsa, amalda yo’q qadriyatlar ta’lim beruvchilar tomonidan qayta-qayta uqdirilsada, ular sub’ekt ongiga samarali ta’sir eta olmaydi”.
Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qo’yilayotgan talablarga monand bo’lishi taqozo etiladi. Bunday talablarni quyidagicha ifodalash mumkin:
– uzluksiz, o’zaro bog’liq, zamon talablariga javob beradigan, bakalavriat va magistraturada o’rganiladigan fanlarni aniq ajratib beradigan, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari qamrab oladigan yuridik ta’lim tizimini tashkil etish;
– davlat, sud-huquq, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda o’tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlari va maqsadlarini aks ettiruvchi o’quv dasturlari, o’quvuslubiy materiallarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
– ta’lim beruvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish, ularning pedagogik mahoratini yuksaltirib beruvchi samarali tizimni uzluksiz tizimni yaratish;

Huquqiy tarbiya tushunchasi mazmun-mohiyati


Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.
Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.
Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun jamoaning, ko’pchilikning ongiga taosir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga taosir etish yo’llari tushuniladi.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» taosir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.
Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.
Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb tushunish ko’p uchraydi. SHunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo’lishi shaxs faoliyatini yo’naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog’liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. SHu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o’z naozoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. SHaxsni yashashga o’rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o’rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o’rgatish.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o’zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda ko’r-ko’rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o’rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. SHaxs axloqsiz bo’lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo’ladi, hatto jazo choralarini ham to’g’ri yo’lga solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o’qitish; ularni jamiyat aozolari o’rtasida tashviqot qilish; o’quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o’rgatish.
Huquq normalarini o’qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. YUridik bilim berish umumiy va maxsus yo’nalishlarda bo’lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida, «yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha bug’inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat aozolari bilishi lozim bo’lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo’llanmalarni turli vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik prinsipi bo’lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko’ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin maolum vaqt utgach amal qila boshlaydi. YAngi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o’zida ko’rsatiladi.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi maolum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga taosir ko’rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o’z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o’tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio’z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy taolimda, o’rta maxsus, kasb-hunar taolimida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy tarbiya oladi. Demak huquqiy tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko’nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz taominlashdir.
Masalan, birinchi sinflarda ona tili tushunchasi, tilga hurmat bilan qarash, o’quvchilarga qonun-qoidalarni o’rgatish, mulkni asrash, unga munosabatni bildirish, davlat, qonun, davlat ramzlari tushunchalarini o’rgatish lozim.
Ikkinchi sinflarda «o’qish» darsida har xil tarbiya berish mumkin. SHu darsning «maktab» bo’limida munosabatlarni tushuntirish. «Ertaklar va masallar» bo’limida jinoyat tushunchasini, tulkini turna bolalarini yeb qo’yishda, misol qilib bu jinoyat ekanligini va turna tulkini qilmishiga yarasha jazolaganini tushuntiriladi. SHunday tarbiya va huquqiy bilimlar har bir fanda sinfma-sinf olib boriladi.
Yuqori sinflarda uning huquqiy ongini shakllantiruvchi huquqiy tushunchalar beriladi, u dasturlar asosida huquqiy munosabatlarga o’rgatiladi. Yuqori sinflarda hamma boshqa taolim tizimlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining davlat apparati haqida umumiy tasavvur berish huquqiy tarbiyaning aniq maqsad qilib qo’yiladi.
Yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning roli

Huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va ahloqqa nisbatan oʻz nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berishdagi eng ishonchli va samarali vositasi hisoblangan.



Download 42.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling