Bakalavr mutaxassisligi: milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi


Download 42.99 Kb.
bet2/12
Sana20.12.2022
Hajmi42.99 Kb.
#1035607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Rashidov S

Kurs ishining maqsadi: Shaxsning ijtimoiylashuvida huquqiy tarbiyaning ijtimoiy asoslari haqida talabalarga to’liqroq ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifasi: Huquqiy tarbiyaning ta’lim va tarbiyani tashkil etishdagi o’rni va uning huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishda zaruriy shartligi haqida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi.
Rivojlanishning o’zi nima?
Rivojlanish manbai qarama-qarashliklar o’rtasidagi kurash sanaladi.
Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir.
SHaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik (tabiiy) va ijtimoiy qonuniyatlar birgadek ta’sir etadi, shu bois ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. SHaxsning rivojlanishiga uning faoliyati, hayot tarzi, yoshi, bilimi, turmush tajribasi, hatto fojiali vaziyatlar, turli kasalliklar ham ta’sir etadi.
“Inson hayoti davomida doimo o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHu sababli shaxsga xos fazilatlarni to’g’ri va ob’ektiv baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. SHaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur”1.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiya jarayonida uning shaxs rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsata olishi uchun ta’lim oluvchining o’sishi va rivojlanishiga xos xususiyatlardan xabardor bo’lish va inobatga olish maqsadga muvofiq. Binobarinrivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Download 42.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling